Kazdağlı masjidi () – Turkiyaning Safranbolu tumanida joylashgan tarixiy masjid.

Meʼmorchiligi Masjid 1779-yilda Safranbolu bozorining kirish qismida Kazdağlı Mehmet ogʻa tomonidan eski masjid oʻrniga qurilgan. Kvadrat shaklida rejalashtirilgan masjidni qurishda tosh va gʻishtdan foydalanilgan boʻlib, ustki tomoni yassi shaklda gʻishtdan ishlangan gumbaz bilan qoplangan. Masjidning old tomonida uchta qismdan iborat jamoat uchun maxsus ajratilgan joy mavjud. Jamoat joyining oʻrta qismi gumbaz bilan, boshqa qismlari esa qubba bilan qoplangan. Gumbaz va qubbalar gʻishtdan ishlangan. Masjidning mehrobi va minbari oddiy uslubda yaratilgan. Kirish eshigidan oʻng tomonda joylashgan minora gʻishtdan qurilgan va bitta balkonga ega. Eski masjid haqida maʼlumot mavjud emas. 2004-yilda masjid mulki Jamgʻarma boshqaruviga oʻtgan va oʻsha yili binoda taʼmirlash ishlari amalga oshirilgan.

Yana qarang

Masjidlar roʻyxati

Manbalar

Havolalar Kazdagʻli masjidi tasvirlari

Turkum:18-asrda Turkiyada qurilgan masjidlar Turkum:Safranboludagi masjidlar Turkum:Turkiyadagi gumbazli masjidlar Turkum:Turkiyadagi minorali masjidlar Turkum:Turkiyadagi masjidlar haqidagi chala maqolalar