thumb|Astana-E-Quadeeri Said Muhammad Badshah Qodriy-ul-Chishi Yamani Raychuri (1903-yil tugʻilgan (1324-hijriy) – 1978-yilda vafot etgan), Hindistondagi Chistiya tariqatidan aʼzolaridan biri hisoblangan soʻfiy avliyo boʻlib, Badshah Qodriy yoki Badesha Qodriy kunyalar bilan tanilgan, shiori umuminsoniy birodarlik va tinchlikni targʻib qilish boʻlgan.

Badshah Qodriyni izdoshlari Qodir Alloh nomi bilan ham bilishgan.

Badshah Qodriy Hindistonning Karnataka shtatida joylashgan Raychur shahrida Zulhijja oyining 10-kunida yaʼniy juma kuni Bakrid davrida, asli Yamandan kelgan Sayidlar oilasida tugʻilgan. Oilasining ajdodlarining kelib chiqishi Muhammadning birinchi nabirasi hisoblangan Hasan ibn Ali bilan boʻgʻlanadi.

Badshah Qodriy yoshligida Chishti tariqatining mashhur shayxi boʻlgan amakisi Shah Nabi Mohiuddeen Qodriyning shogirdi boʻldi. Keyinchalik u Shayx Karimulloh Shah Qodiriyning shogirdi boʻldi. Karimulloh vafot etishidan oldin, u Pirlik maqomini unga topshirdiPatel, Aakar (11 June 2000) „Celebrating death and union in Wadi“ Chowk.com, a reviewed South Asian forum, Qodiriya va Chishti anʼanalarining yetakchiligini Badshah Qodiriyga topshirdi.

Badshah Qodiriy Karnataka shtatining Gulbarga tumani Vadi shahri tashqarisida joylashgan Xalqatta Sharifda dafn etilgan. Uning ishini oʻgʻli va vorisi davom ettirdi (hozirda esa nabirasi Sayyid Abu Turab Shah Qodiriy davom ettirmoqda)Patel, Aakar (11 June 2000) „Celebrating death and union in Wadi“ Chowk.com, a reviewed South Asian forum. Badesha Qodiriy uchun yillik bayram yoki urslar mavjud boʻlib, minglab uning izdoshlari Xalqatta Sharifga ziyorat qilish uchun keladilar. Urs avliyo vafotining yillik xotirasini anglatadi. „Urs“ soʻzi aslida ilohiylik bilan nikohni bildiradi.

Izohlar

Turkum:1978-yilda vafot etganlar Turkum:1903-yilda tugʻilganlar Turkum:Hindistonlik soʻfiylar