Said Otabekov – installatsiya, ijro va video sanʼat, fotografiya sohalarida ijod qiluvchi Qozogʻistonlik sanʼatkor.
Hayoti Said Otabekov 1965-yili Toshkent viloyatining Bes-Terek shahrida tugʻilgan. Chimkent sanʼat kollejini tugatib, boʻlajak rassomlarni oʻqitish va ularning asarlari asosida koʻrgazmalarni tashkil etish bilan shugʻullanganAhmady Arts (2004) biography and photo impression .
Said oʻz faoliyatini Sovet Ittifoqi davrida qayta qurish joriy etilganda boshlagan. Bu esa unga sanʼat erkinligining keng turdagi imkoniyatlaridan foydalanish imkoniyatini bergan. Shu vaqt ichida Kyzyl traktor (Qizil traktor) jamoasini tashkil etib, xalqaro modernizm bilan tajriba oʻtkazganPrince Claus Fund (2011) biography .
Tarixdan maʼlumki, uning mintaqasi toʻrtta kuchli va tez-tez qarama-qarshi mafkuraning taʼsiri ostida boʻlgan: koʻchmanchi panteizm, islom, rus taʼsiri va gʻarbiy kapitalizmi. Ularning chuqurroq paradokslarini uning ishlarida, masalan, Chingiz Xon davridan, kommunizm davridan va Sovet Ittifoqi tarqatilib boʻlganidan keyin koʻrish mumkin.
2011-yilda Said Otabekov Shahzoda Klaus mukofoti bilan taqdirlangan.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1965-yilda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekiston fotosuratchilari