Asal Sartbayeva – Markaziy Osiyodan tan olingan ilk ayol olimalaridan biri, kimyo fanlari doktori va Bat universitetining kimyo fanlari doktori hamda professordir. Hayoti Asal Sartbayeva 1979-yilda Qirgʻizistonda tavallud topgan. Faoliyati U Markaziy Osiyodan chiqqan hamda birinchilardan tan olingan olima ayollaridan biri hisoblanadi. U sanoatda keng ishlatiladigan vaksinalarni kremniy bilan qoplash orqali tibbiyot vositalarini muzlatishsiz saqlash imkonini beruvchi ixtironi oʻylab topgan. Asal Sartbayeva oʻzining ushbu yirik ixtirosi orqali koʻplab vaksinalarni isitgan vaqtda ularning yaroqsiz holatga kelishi, aynib qolishi oldini olgan. Uning yaratgan mahsuloti 100 darajagacha qizdirilganida yoki 3 yil davomida saqlanganda ham buzilmaydigan holatda qolgan. U bu ixtirosi uchun 2011-yildan 2019-yilgacha Royal Society (Qirollik Jamiyati) tomonidan 956,000 funt miqdorida grantga ega boʻlgan. Manbalar
Turkum:Alifbo boʻyicha olimlar Turkum:Olimlar roʻyxati