Hazir jangi Maʼraka al-Hazir jangi () – Vizantiya imperiyasi hamda Roshidun xalifaligi armiyasining elita otliq qoʻshini oʻrtasida kechgan jang. 637-yil iyun oyida Qinnasrindan 3 mil sharqda, hozirgi Suriyadagi al-Hazir qishlogʻida boʻlib oʻtgan.
Jang Jang Qinnasrindan 3 mil sharqda joylashgan al-Hazir qishlogʻida boshlangan. Xolid ibn Valid oʻzining tezkor qoʻshinini jangga tayyorlab, maydonga joylashtirgan. Vizantiya qoʻshini qoʻmondoni Menas esa oʻz qoʻshinini markazga va ikkita qanotga joylashtirgan va oʻzi oldingi qatorda jangni olib borgan. Shundan keyin tezlik bilan Hazirda jiddiy toʻqnashuvlar boshlangan. Jang hali boshlangʻich bosqichda boʻlgan vaqtda Menas halok boʻlgan. Menasning oʻlimi haqidagi xabar uning askarlari orasida tarqalgach, Vizantiya askarlari gʻazab otiga mingan va oʻz qoʻmondoning oʻlimi uchun qasos olish maqsadida hujumga oʻtishgan.
Oʻsha vaqtda Xolid ibn al-Volid oʻzining otliq qoʻshinini olib, Vizantiya qoʻshiniga orqa tomondan hujum uyushtirgan va oradan koʻp vaqt oʻtmay butun Rim qoʻshini qurshab olinib, magʻlubiyatga uchratilgan. Maʼlumotlarga koʻra, Menas va uning qoʻshini bundan oldin hech qachon bunday ogʻir magʻlubiyatga uchramagan.
Manbalar
Adabiyotlar
Akram, A. I. The Sword of Allah: Khalid bin al-Waleed, His Life and Campaigns, Nat. Publishing. House, Rawalpindi (1970) .
Havolalar
Turkum:637 Turkum:Xolid ibn al-Volidning janglari Turkum:Vizantiya imperiyasi janglari Turkum:Roshidun xalifaligi ishtirokidagi janglar