Jome masjid, dastlab „Safo masjid“ () nomi bilan atalgan, Hindistonning Telangana shtatidagi Haydarobod tumani, Golkonda hududida joylashgan jome masjididir. U 1518-yilda birinchi Qutb Shohi hukmdori Sultonquli Qutbshoh tomonidan hozirgi Telanganada Bahmaniy sultonligining hokimi boʻlgan vaqtida qurilgan.

Tarixi Hijriy 924-yilda (milodiy 1518/1519-yil) Sultonquli Qutbshoh (oʻsha davrda Bahmaniy sultoni Mahmudshoh Bahmaniy IIga boʻysunuvchi Telangana noibi) Golkonda hududida loy qal’a qurdirgan va shaharga „Muhammad Nagar“ deb nom bergan. Aynan shu yili „Safo masjidi“ nomi bilan tanilgan, keyinchalik esa Golkonda jome masjidi deb atala boshlagan masjid ham qurilgan. 1543-yilda esa Sultonquli ushbu masjidda namoz paytida oʻldirilgan. Uni Golkonda qal’asi qoʻmondoni Mir Mahmud Hamadoniy oʻldirgan boʻlib, bu ishda Sultonqulining oʻgʻli va vorisi Jamshidquli Qutbshohning ham qoʻli boʻlgan.

Arxitekturasi Masjidning kirish darvozasi ustida bitta gumbaz joylashtirilgan. Hovlining pol qismi granit tosh plitalar bilan qoplangan. Masjid ichida katta zal mavjud boʻlib, u toʻrt yoʻlakka boʻlingan. Zal beshta arkaga ega.

Yana qarang

Hindistonda Islom Telanganadagi masjidlar roʻyxati

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:Jome masjidlar