Vasil Vasilovich Popadyuk (; 1966-yil 16-yanvar, Lvov) – „Ukrainalik Paganini“ nomi bilan tanilgan ukrainalik musiqachi, skripkachi, pianinochi, „PapaDuke“ guruhining asoschisi, guruhi bilan dunyo boʻylab sayohat qilib, jahon musiqa uslublarida, shuningdek, latino, loʻli va jaz uslubida musiqa ijro etishadi. Popadyuk 15 ta musiqa asbobini chalishni biladi, guruhdagi musiqachilarning har biri ham turli musiqa asboblarini chalishadi. Shuningdek, Popadyuk bastakor ham. 2009-yilda Ukrainaning xizmat koʻrsatgan artisti unvoni bilan mukofotlangan.
Hayoti Popadyuk sanʼatkorlar oilasida dunyoga kelgan. Onasi Svitlana Popadyuk rassom, otasi esa Ivano-Frankivsk viloyatining Kolomiyskiy tumanidagi Mishino qishlogʻidan chiqqan mashhur fleytachi Vasil Ivanovich Popadyuk (1940—1991). Otasi Grigoriy Verevka nomidagi xor aʼzosi boʻlib, „Uchlik musiqachilari“ ansamblini boshqargan.
Vasil Popadyuk yetti yoshidan boshlab Mikola Lisenko nomidagi Kiyev ixtisoslashtirilgan musiqa maktabida klassik musiqa boʻyicha taʼlim olgan. Soʻngra Chaykovskiy nomidagi Ukraina Milliy musiqa akademiyasiga oʻqishga kirgan va keyinchalik Lisenko nomidagi Lvov musiqa akademiyasining sirtqi boʻlimiga oʻtgan.
Popadyuk harbiy xizmatini Kiyevda qoʻshiq va raqs ansamblida oʻtagan boʻlib, bu ansambl Chernobil falokatini bartaraf etuvchilar uchun muntazam ravishda konsertlar bergan. Keyinchalik 1988-yilda shifokorlar Vasil Popadyukka yashash joyini oʻzgartirishni tavsiya qilishgach, Moskvaga koʻchib oʻtib, u yerda ishlashni boshlagan. Moskvada Volodimir Nazarov rahbarligidagi „Jahon musiqasi teatri“da ishlagan, teatrda dunyoning oʻnta yangi milliy cholgʻu asboblarini chalishni oʻrgangan. 1993-yilda Kiyevga qaytib kelgan va u yerda „Gopak“ ansamblida faoliyat olib borgan, shuningdek, „Romanlar“ loʻlilar davlat teatri bilan hamkorlik qilgan.
1997-yildan boshlab Toronto va Ottavada yashagan va ishlagan. Ukrainalik siyosatchi va sovet dissidenti Stepan Xmaraning qizi Solomiya Xmaraga uylangan. Ularning Moryana, Sofiyka va Katrusya ismli uchta qizi bor. Oilada ukrain tilida muloqot qilinadi.
2003-yilda „Big Musical Canadian Dream“ nomli teleshouda qatnashib, 15 ming nafar boshqa skripkachi bilan bellashgan. Final bosqichida Vasil hutsullar musiqasini ijro etib, ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan.
2022-yil may oyida Popadyuk oʻz guruhi bilan Kanadadagi Zoetic teatrida kontsert berdi.
2023-yil 27-yanvar kuni Ukrainaga tez yordam mashinalarini olishga mablagʻ yigʻish uchun Alcalá de Henaresda Paco de Lucíaning munitsipal tomosha zalida konsert bergan
Konserti 2022-yil aprel oyida Lugansk bolalar kasalxonasiga mablagʻ yigʻish uchun Reginada (Kanada) Conexus sanʼat markazida boʻlib oʻtgan konsertda ishtirok etgan.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1966-yilda tugʻilganlar