Alice Kertész (shuningdek, Alíz Kertész nomi bilan ham tanilgan; 1935-yil 17-noyabrda tugʻilgan) – sobiq vengriyalik gimnastikachi.

Alice Kertész yahudiy millatiga mansub boʻlib, Vengriyaning Budapesht shahrida dunyoga kelgan. 1954-yilgi Badiiy gimnastika boʻyicha Jahon chempionatining jamoaviy bahslarida Vengriya terma jamoasiga kumush medalni qoʻlga kiritishda yordam bergan.

Kertész 1956-yilda Melburnda boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida koʻchma jihozlar bilan bajariladigan jamoaviy bahslarda oltin medal, shuningdek, jamoaviy tarzda bir nechta mashqlarni oʻzida birlashtirgan kombinatsiyaviy mashqlarda kumush medalni qoʻlga kiritgan.

2011-yil iyun oyida Vengriya gimnastika federatsiyasi tomonidan Kertész va uning olimpiya terma jamoasi aʼzolari Vengriya Prezidenti medali bilan taqdirlagan. Manbalar

Havolalar