„Tears in the Club“ – ingliz qoʻshiqchisi va qoʻshiqlar muallifi FKA Twigsning kanadalik qoʻshiqchi va qoʻshiqlar muallifi The Weeknd ishtirokidagi qoʻshigʻi. U 2021-yil 16-dekabrda Twigsning birinchi miksteypi – Caprisongs (2022) dan birinchi singl sifatida chiqarildi. Ikkala sanʼatkor qoʻshiqni Ali Tamposi va prodyuserlar Cirkut, Arca va el Guincho bilan birgalikda yozgan.
Tarixi va kompozitsiyasi „Tears in the Club“ FKA Twigsning odatdagi musiqasidan mutlaqo oʻzgacha zamonaviy pop ohangiga yaqin, lekin „uni mashhur qilgan noziklliklari va buzilishlarni saqlab qoladi“. Qoʻshiq „ovozi baland raqsbop bit va atmosferaga ega sintezatorli“ R&B-pop qoʻshiq sifatida tasvirlanadi, Twigs va The Weeknd ijro etgan „qalb ogʻrigʻi va umidsizlikka toʻla“ satrlardan iborat ham deyiladi. U Arca tomonidan yaratilgan va ijro etilgan @@@@ albomidagi „Phantasy“ trekidan interpolatsiya oladi. Twigs 2021-yil 13-dekabrda singlning chiqarilish sanasini va treyler videosini eʼlon qildi.
Musiqiy klip „Tears in the Club“ qoʻshigʻining musiqiy videosi 2021-yil 16-dekabrda premyera qilindi. Video klipga Amber Grace Johnson rejissyorlik qilgan. Klip FKA Twigsning yorqin chiroqlar bilan toʻldirilgan tungi klubda raqsga tushishi bilan boshlanadi. Twigs koʻchada yigʻlab yurib ketayotganida, bir guruh raqqoslar uni olib ketishadi. Qoʻshiqqa The Weeknd qoʻshilganida, Twigs akvariumda uning oldida chiqish qiladi, Abel esa uni koʻzida yosh bilan tomosha qiladi.
Chartlar +„Tears in the Club“ning chartlardagi oʻrniChart (2021–2022)Eng yuqorioʻrin Hot Singles (RMNZ)12
Manbalar
Turkum:2021-yil qoʻshiqlari Turkum:2021-yil singllari Turkum:FKA Twigs qoʻshiqlari Turkum:The Weeknd qoʻshiqlari Turkum:The Weeknd tomonidan yozilgan qoʻshiqlar