„Power is Power“ – amerikalik qoʻshiqchi SZA, kanadalik qoʻshiqchi The Weeknd va amerikalik repper Travis Scott tomonidan ijro etilgan qoʻshiq. U 2019-yil 18-aprelda Taxtlar oʻyini seriali uchun chiqarilgan For the Throne qoʻshiqlar toʻplamining yetakchi singli sifatida chiqarilgan.

Tarixi va chiqarilishi 2019-yil aprel oyining boshlarida SZA, The Weeknd va Travis Scott tomonidan ishlangan, Taxtlar oʻyini serialidan ilhomlangan treki boʻlishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqaldi. Ularning For the Throne saundtrekidagi ishtiroki 8-aprel kuni Columbia Records tomonidan saundtrek haqida eʼlon qilinishi bilan tasdiqlandi. 12-aprelda Maren Morrisning „Kingdom of One“ va The Lumineersning „Nightshade“ nomli promo-singllari chiqqanidan soʻng, SZA 16-aprelda Instagram profilida qoʻshiqning muqova rasmi va chiqarilish sanasi bilan boʻlishdi.

Kompozitsiyasi va matni Qoʻshiqning nomi HBO telekanalining Taxtlar oʻyini teleserialidagi Cersei Lannister qahramoni tomonidan aytilgan iboradir, ammo qoʻshiq matni asosan Jon Snowning qahramoniga qaratilgan. Ayni paytda mualliflar bu soʻzlarni serial yakunida yuqorida tilga olingan qahramonning gʻalaba qozonishini oldindan aytib berish deb talqin qilishgan.

Musiqiy klip Rasmiy videoklip dastlab 2019 yil 20-aprel kuni eʼlon qilindi va oʻzi tegishli boʻlgan Taxtlar oʻyiniga oʻxshash oʻrta asrlar muhitiga ega. U Anthony Mandler tomonidan suratga olingan va 2019 yil 5-mayda chiqarilgan.

Chartlar Chart (2019)Eng yuqorioʻrin Digital Tracks (SNEP)140 (LAIPA)23 (AGATA)13 Airplay/FL (Billboard)22 Hot Singles (RMNZ)3

Sertifikatsiya +„Power is Power“ning sertifikatsiyasiHududSertifikatsiyaSertifikatlangan birliklar/sotuvlarQoʻshma Shtatlar (RIAA)Oltin500,000

Chiqarilish tarixi HududSanaFormatLeybl(lar)AQSh2019-yil 18-aprelColumbia2019-yil 23-aprelContemporary hit radioRhythmic contemporaryItaliya2019-yil 3-mayContemporary hit radioSony

Manbalar

Turkum:2019-yil qoʻshiqlari Turkum:2019-yil singllari Turkum:SZA qoʻshiqlari Turkum:The Weeknd qoʻshiqlari Turkum:Travis Scott qoʻshiqlari Turkum:The Weeknd tomonidan yozilgan qoʻshiqlar Turkum:The Weeknd prodyuserligidagi qoʻshiqlar