Daria Kinzer (1988-yil 29-mayda tugʻilgan) – asli xorvat millatiga mansub Avtriyada yashovchi qoʻshiqchi. 2011-yilda Germaniyada boʻlib oʻtgan Yevrovision qoʻshiq tanlovida Xorvatiya nomidan ishtirok etgan. 2011-yil 5-mart kuni boʻlib oʻtgan milliy tanlovda „Celebrate“ nomli qoʻshigʻi bilan gʻolib chiqib, tanlovning birinchi yarim finalida ishtirok etgan va 15-oʻrinni egallagan. Shuningdek, „Celebrate“ qoʻshigʻining „Diese Nacht“ nomli nemis tilidagi versiyasini ham yozgan.
Kinzer 1988-yil 29-mayda Germaniya Federativ Respublikasining Bavariya shtati Aschaffenburg shahrida tugʻilgan. Onasi xorvat, otasi nemis millatiga mansub boʻlgan. Kinzer xorvat va nemis tillarida soʻzlasha oladi. Hozirda Vena shahrida tahsil oladi.
Diskografiyasi Zwischen Himmel und Erde (2013-yil)
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Xonandalar