Teodora Pavlovska (1992-yil 1-mayda tugʻilgan) – serbiyalik qo'shiqchi, qoʻshiqnavis va prodyuser. 2018-yilda ilk bor sahnada chiqish qilgan. 2023-yilda „Džanum“ nomli qoʻshigʻi TikTok orqali xalqaro miqyosda ommalashib, mashhurlikka erishgan.

Teya Dora 2024-yilda Shvetsiyaning Malmö shahrida boʻlib oʻtgan „Eurovision“ qoʻshiq tanlovida „Ramonda“ qoʻshigʻi bilan Serbiya sharafini himoya qilgan va yakunda 17-oʻrinni egallagan.

Yoshlik davri Pavlovska 1992-yil 1-may kuni sobiq Yugoslaviya Federativ Respublikasining Bor shahrida dunyoga kelgan. Otasi rassom va grafik dizayner boʻlgan. Onasi esa yozuvchi va jurnalist boʻlib, „Večernje novosti“ nashriyotida faoliyat yuritgan. Belgradga koʻchib oʻtgach, Pavlovska musiqa maktabida oʻqishni boshlagan va shu orqali Bostondagi Berklee Musiqa Kollejida tahsil olish uchun stipendiyani qoʻlga kiritgan. Berklee kollejidagi oʻqishi davomida Pavlovska mashhur xonanda Charlie Puth bilan bir sinfda oʻqigan. Pavlovska 2014-yilda kollejni tamomlagan va bitiruv marosimida unga diplomni afsonaviy gitarachi Jimmy Page topshirgan. Bitiruvdan soʻng u Nyu-York shahrida yashab, oʻsha yerda bastakorlik bilan shugʻullangan.

Karyerasi 2018-yilda Serbiyaga qaytgach, Pavlovska avvaliga qoʻshiqchi Nikolija bilan hamkorlik qilgan. 2018-yilda Nikolija ijrosida taqdim etilgan „Nema limita“ nomli qoʻshigʻini ham aynan Pavlovska yozgan. U boshqa serbiyalik sanʼatkorlar, jumladan, Nataša Bekvalac va Anastasija Ražnatović uchun ham qoʻshiqlar yozishda davom etgan. Pavlovska oʻzining sahnadagi faoliyatini Teya Dora nomi ostida boshlagan, 2019-yil iyul oyida „Da na meni je“ nomli debyut qoʻshigʻini Bassivity Digital leybli orqali taqdim etgan. Pavlovskaning „Teya Dora“ taxallusini tanlashiga Berklee kollejida oʻqib yurgan paytida amerikaliklarning uning ismini toʻgʻri talaffuz qila olmasdan, osongina „Teya Dora“ deya deb ataganliklari sabab boʻlgan.

Manbalar

Havolalar