Inga Jankauskaitė (1981-yil 10-yanvarda tugʻilgan) – litvalik aktrisa, xonanda va pianist.

Karyerasi

Jankauskaitė dastlabki faoliyatini „Kauno fonas va Ultra vires“ radiostansiyalarida radio DJ sifatida boshlagan. 1997-yilda Juozas Naujalis musiqa akademiyasini tamomlagach, 1999–2002 va 2004–2005-yillar oraligʻida Litva musiqa va teatr akademiyasida tahsil olgan. Shuningdek, L+ nomli musiqiy guruh aʼzosi boʻlgan.

2007-yilda „Žvaigždžių duetai“ (Yulduzlar duetlari) realiti-shousida ishtirok etib, partnyori Česlovas Gabalis bilan ikkinchi oʻrinni egallagan. Shuningdek, „Dviračio šou“ satirik yangiliklar koʻrsatuvida „sariqsoch qiz“ obrazini ijro etgan. Hozirda Jankauskaitė „The Voice of Lithuania“ (Litvaning Ovozi) televizion loyihasida murabbiy sifatida, shuningdek, „Žvaigždžių duetai“ koʻrsatuvining boshlovchisi sifatida faoliyat yuritmoqda.

Rollari

Kino 2004 – Vienui vienida filmi, Puselė rolida 2010 – Zero2Paaiškėjo „Sidabrinės gervės“ apdovanojimų nominantai 2013 – Kaip pavogti žmoną 2017 – Nol3 2017 – Trys Milijonai 2019 – Ir visi jų vyrai

Televideniye 2007–2008 – Nekviesta meilė filmi, Mėta rolida 2017–2018 – Lietuvos Balsas filmi, hakam/murabbiy rolida 2019 – Lietuvos balsas filmi, hakam/murabbiy rolida

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1981-yilda tugʻilganlar Turkum:10-yanvarda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar Turkum:Xonandalar Turkum:Pianistlar Turkum:Alifbo boʻyicha musiqachilar