Uri Geller (; ; 1946-yilning 20-dekabrida tug‘ilgan) — Isroilda tug‘ilgan, Britaniya fuqaroligiga ega illyuzionist, sehrgar, teleboshlovchi va o‘zini ekstrasens deb e’lon qilgan shaxs. Geller qoshiqni egish va boshqa illuzion harakatlar bilan mashhur boʻlgan hamda televizion chiqishlari orqali tanilgan. Geller illyuziya yordamida telekinez va telepatiyani insonlarga ta’sirini taqlid qiladi. Gellerning tomosha biznesidagi faoliyati qirq yildan ortiq davrni qamrab olib, u koʻplab mamlakatlarda teleko‘rsatuvlarda ishtirok etgan. Sehrgarlar Gellerning oʻzida gʻayritabiiy qobiliyatlar mavjudligi haqida da'vo qilib, uni firibgarlikda ayblashgan. Hayoti Geller 1946-yilning 20-dekabrida Tel-Aviv shahrida tugʻilgan. 1946-tilda ushbu hudud Falastindagi Britaniya mandati tarkibiga kirar edi. Onasi va otasi mos ravishda avstriyalik yahudiy va venger yahudiylari kelib chiqishiga ega edi. Gellerning otasi — armiyadan nafaqaga chiqqan bosh serjant Itzhaak Geller (Gellér Izsák), onasi esa Margaret "Menzi" Freyd (Freud Manci) edi. Geller onasi tomonidan Zigmund Freydning uzoq qarindoshi ekanligini daʼvo qiladi.
Manbalar