Blast.tv Austin Major 2025 – bu Counter-Strike 2 oʻyinidagi uchinchi Major chempionati va umumiy hisobda yigirma ikkinchi Counter-Strike Major hisoblanadi. U 2025-yil 3–22-iyun kunlari AQShning Texas shtatidagi Ostin shahrida boʻlib oʻtdi. Bu BLAST tomonidan oʻtkazilgan ikkinchi Major boʻlib, undan oldingi musobaqa 2023-yil Parijda boʻlib oʻtgan edi.

Musobaqa Ostindagi Texas universiteti hududidagi Moody Center arenasida oʻtkazildi. Bu Majorda ilk bor 32 ta jamoa ishtirok etdi. Ular orasida toʻgʻridan-toʻgʻri taklif etilgan jamoalar va hududiy saralashdan oʻtganlar bor edi. Umumiy mukofot jamgʻarmasi esa 1250000 $ ni tashkil qildi.

Team Vitality jamoasi finalda The MongolZ ustidan 2–1 hisobida gʻalaba qozonib, Parijdan keyin ikkinchi Major gʻalabasiga erishdi.

ZywOo|Matye „ZywOo“ Erbo turnirning eng yaxshi oʻyinchisi (MVP) deb topildi. Bu uning ikkinchi MVP mukofoti boʻlib, u bir nechta Majorlarda MVP boʻlgan uchinchi oʻyinchiga aylantirdi.

Tarixi Counter-Strike 2 – bu Valve Corporation tomonidan ishlab chiqilgan birinchi shaxs koʻrinishidagi koʻp oʻyinchili otishma oʻyini boʻlib, u Counter-Strike seriyasining beshinchi qismidir. Valve tomonidan homiylik qilinadigan Majorlar Counter-Strike kiberportida eng nufuzli musobaqalar hisoblanadi.

2024-yil 14-iyunda Blast Premier Spring Final musobaqasi davomida Ostin shahri 2025-yilgi birinchi Major mezboni sifatida eʼlon qilindi. Bu AQShda oʻtkazilgan toʻrtinchi, va 2018-yilgi Boston musobaqsidan beri birinchi Major hisoblanadi. Bu shuningdek, Counter-Strike: Global Offensive oʻyinidagi soʻnggi Major boʻlgan Parijdan keyingi, BLASTning ikkinchi Majoridir.

Amaldagi chempionlar – Team Spirit boʻlib, ular 2024-yilgi Shanxaydagi Major finalida FaZe Clanni 2–1 hisobida magʻlub etgan edi. Ular chorak finalda MOUZ jamoasiga yutqazib, musobaqani tark etishgan.

Ijodiy jamoa 2025-yil 30-may kuni BLAST Ostin Major uchun toʻliq ijodiy jamoani eʼlon qildi.

Format Avvalgi Major musobaqalaridagi kabi, bu turnir ham Shveytsariya tizimidagi (Swiss-system) guruh bosqichlari bilan boshlanadi va undan soʻng sakkiz jamoali yakka tartibdagi (single-elimination) pley-off bosqichi oʻtkaziladi. Turnirda jamoalar soni 24 tadan 32 taga oshirilgani sababli, qoʻshimcha Shveytsariya tizimi asosidagi guruh bosqichi ham qoʻshilgan. Jami 16 ta jamoa Major turniriga toʻgʻridan-toʻgʻri taklif qilinadi, jumladan: 10 tasi Yevropadan, 5 tasi Amerika qitʼasidan, 1 tasi Osiyodan. Qolgan 16 ta jamoa esa hududiy saralash bosqichlari (Major Regional Qualifiers) orqali yoʻllanma oladi. Jamoalarning qaysi bosqichdan ishtirok etishi esa ularning Valve Regional Standing reytingiga bogʻliq boʻladi. Har bir Shveytsariya tizimidagi bosqichdan 8 tadan jamoa musobaqadan chiqariladi, va yakunda qolgan 8 ta jamoa chempionlik uchun yakka tartibdagi pley-offda kurashadi. Guruh bosqichlaridagi va pley-offning ilk oʻyinlaridagi juftliklar Buchholz reytingi asosida aniqlanadi.

Dastlabki uch bosqichda, faqatgina chiqish (progression) yoki musobaqadan chiqib ketish (elimination) oʻyinlarigina uchta oʻyindan iborat (best-of-three) formatda oʻynaladi. Qolgan barcha oʻyinlar esa bitta oʻyindan iborat (best-of-one) tarzda boʻladi. Pley-off bosqichidagi barcha oʻyinlar esa toʻliq uchta oʻyindan iborat (best-of-three) formatda oʻtkaziladi. Xaritalar toʻplami

Ancient Anubis Dust II Inferno Mirage Nuke Train

Jamoalar Yevropa

Team Vitality MOUZ Team Spirit Aurora Gaming Natus Vincere G2 Esports Team Falcons FaZe Clan 3DMAX Virtus.pro HEROIC OG Esports Nemiga Gaming BetBoom Team Metizport B8 Esports

Amerikalar

Team Liquid paiN Gaming FURIA Esports MIBR M80 Imperial Esports Complexity Gaming Fluxo Wildcard NRG Esports Legacy

Osiyo

The MongolZ Lynn Vision Gaming FlyQuest Chinggis Warriors TYLOO

Izohlar

Manbalar

Turkum:Counter-Strike 2 musobaqalari