Begenchmuhammed Nuryagdiyevich Kuliyev (; 1977-yil 4-aprelda tugʻilgan) – turkmanistonlik futbol murabbiy va nafaqadagi futbolchi. Kuliyev Turkmaniston milliy terma jamoasida uzoq yillar davomida oʻynagan va katta tajribaga ega.

Klubdagi faoliyati Faoliyatini Ashxobodning „Kopetdag“ jamoasida boshlagan. Qozogʻiston chempionatida „Jenis“, „Shaxtyor“ va „Vostok“, Rossiyaning birinchi divizionida Smolenskning „Kristall“ jamoalarida, Eron chempionatida „Abumuslim“ jamoasida oʻynash tajribasiga ega. Faoliyati davomida Turkmanistonning „Kopetdogʻ“, „Dagdan“, „Nisa“, „Nebitchi“, va „Ashxobod“ klublarida oʻynagan. 2004-yilda mamlakatning eng yaxshi futbolchisi.

Terma jamoadagi faoliyati Turkmaniston terma jamoasi safida 36 ta oʻyin oʻtkazib, 10 ta gol urgan. 2004-yilda 2004-yilgi Osiyo kubogining asosiy turnirida ishtirok etgan. 2003-yilning kuzida Turkmaniston terma jamoasi 2006-yilgi jahon chempionati saralash turnirining dastlabki oʻyinlarida Ashxobodda Afgʻoniston terma jamoasini 11:0 hisobida magʻlub etdi, Kuliyev xet-trik qayd etdi. Terma jamoadagi soʻnggi oʻyinini 2008-yilning 1-avgustida Afgʻonistonga qarshi 2008-yilgi Chaqiruv kubogida (5:0) oʻtkazgan.

Faoliyat statistikasi

Terma jamoadagi statistikasi № Sana Stadion Raqib Hisob Natija 1. 2003-yil 19-noyabr Ashxobod, Turkmaniston 11–0 2006-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi 2. 2003-yil 19-noyabr Ashxobod, Turkmaniston 11–0 2006-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi 3. 2003-yil 19-noyabr Ashxobod, Turkmaniston 11–0 2006-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi 4. 2003-yil 23-noyabr Kobul, Afgʻoniston 2–0 2006-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi 5. 2003-yil 23-noyabr Kobul, Afgʻoniston 2–0 2006-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi 6. 2004-yil 31-mart Ashxobod, Turkmaniston 3–1 2006-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi 7. 2004-yil 18-iyul Chengdu, Xitoy 2–2 2004-yilgi Osiyo kubogi 8. 2004-yil 22-iyul Chengdu, Xitoy 2–3 2004-yilgi Osiyo kubogi

Manbalar

Havolalar

Ballsandwhistles.com saytidagi profil

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Turkmanistonlik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Kopetdag futbol klubi futbolchilari Turkum:FC Aşgabat futbolchilari Turkum:FC Kristall Smolensk futbolchilari Turkum:Abumuslim klubi futbolchilari Turkum:FC Vostok futbolchilari Turkum:Shaxtyor Qaragʻandi klubi futbolchilari Turkum:Turkmanistonlik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Qozogʻistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Erondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Rossiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Turkmaniston milliy terma jamoasi futbolchilari Turkum:Osiyo oʻyinlari 1998 futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2004 futbolchilari