Maricarmen Reyes Zárate (2000-yil 23-aprelda tugʻilgan) – professional ayol futbolchi, yarim himoyachi sifatida Meksika ayollar ligasining „Tigres UANL“ klubi tarkibida toʻp suradi. AQShda meksikaliklar oilasida tugʻilib oʻsgan Reyes xalqaro miqyosda Meksika terma jamoasi sharafini himoya qiladi.

Yoshlik yillari Reyes Kaliforniyaning Fountain Valley shahrida tugʻilgan va Santa Ana shahrida oʻsgan. Uning ota-onasi Meksikaning Michoacán shtatidagi Zamora shahridan boʻlgan.

Terma jamoadagi karyerasi 2021-yil 21-sentyabr kuni Reyes Estadio Azteca stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Kolumbiyaga qarshi o‘yinda (2:0) Meksika terma jamoasi safidagi ilk golini kiritgan.

Shaxsiy hayoti Reyesning ukasi Oscar ham futbolchi bo‘lib, „UCLA Bruins“ jamoasida o‘ynagan. Opasidan farqli ravishda u Meksikada tug‘ilgan va AQSh terma jamoasi safida (U-17 darajasida) maydonga tushgan. Manbalar

Turkum:Meksikalik ayol futbolchilar