Aytjan Xalmaxanov (2006-yilda tugʻilgan) – Oʻzbekistonlik yunon-rum kurashchisi, sport musobaqalarida 63 kg vazn toifasida ishtirok etadi. Aytjan Kurash boʻyicha 2025-yilgi Osiyo chempionati va 2025-yilgi jahon chempionatida oltin medal sohibi boʻlgan.
Sportdagi faoliyati 2025-yilda Iordaniyaning Amman shahrida oʻtkazilgan kurash boʻyicha Osiyo chempionatida u birinchi bosqichda raqibsiz oʻtgach, chorak finalda shimoliy koreyalik Kim Channi 9:0 hisobida, yarim finalda qozogʻistonlik Sulton Asetulini 16:7 hisobida texnik ustunlik bilan magʻlub etib, finalga chiqdi. Yakuniy bahsda u eronlik Muhammad Mehdi Keshtkarni 13-4 hisobida texnik ustunlik bilan yengib, oltin medalni qoʻlga kiritdi.
2025-yil Xorvatiyaning Zargreb shahrida oʻtkazilgan kurash boʻyicha Jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritgan.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:21-asrda Oʻzbekistonlik erkak sportchilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak kurashchilar Turkum:Kurash boʻyicha Osiyo chempionati sovrindorlari Turkum:Oʻzbekiston qozoqlari