Komil Aleksandrovich Mingazov (, ; 1968-yil 21-iyunda tugʻilgan) – turkmanistonlik futbol murabbiyi va sobiq futbolchi. 1994-yilgi Osiyo oʻyinlarida Turkmanistonning Xitoyga qarshi ilk oʻyinida jamoaning atigi 11 nafar oʻyinchisi ishtirok etishga majbur boʻlgan, chunki 20 kishilik tarkibning qolgan 9 nafar aʼzosi viza muammolari tufayli Moskvada ushlanib qolgan edi. Odatda yarim himoyachi pozitsiyasida oʻynagan Mingazov, bu oʻyinda darvozabon vazifasini bajarib, 2:2 hisobidagi durang natijaga erishishga hissa qoʻshgan.
Bundan tashqari, Mingazov 2016-yildan buyon Turkmaniston ayollar futbol terma jamoasi hamda Turkmaniston ayollar futzal terma jamoasining bosh murabbiyiPart 3: 10th AFC Womenʼs Football Day 2024 marked by joyous celebrations lavozimida ishlab kelmoqda.
Komil Mingazov 1992-yildan 2004-yilgacha Turkmaniston milliy terma jamoasi safida 46 marta maydonga tushgan.
Futbolchilik faoliyati
Klubdagi faoliyati Mingazov 1987 va 1989—1991-yillarda Kopetdag jamoasida toʻp surgan. 1988—1989-yillarda esa Bukovina jamoasi tarkibida oʻynagan. Jamoa bilan birga Sovet Ikkinchi Ligasining 6-zonasi (Ukraina)da birinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan.
1992—1999-yillarda mustaqil Turkmaniston futbol chempionatida Kopetdag va Nisa klublarida oʻynagan. U Turkmanistonning yetti karra chempioni va olti marta Turkmaniston kubogi sovrindori hisoblanadi.
Terma jamoadagi faoliyati Shuningdek, u 1992-yildan 2005-yilgacha Turkmaniston milliy futbol terma jamoasida toʻp surgan, FIFA Jahon chempionati va 2004-yilgi Osiyo kubogi uchun bir nechta saralash bosqichlarida ishtirok etgan.
Turkmaniston terma jamoasida u faoliyati davomida barcha pozitsiyalarda oʻynagan: hujumchi, yarim himoyachi, himoyachi va hatto darvozabon sifatida ham maydonga tushgan. Ayniqsa, 1994-yilda Yaponiyada boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlarida u Xitoy Xalq Respublikasiga qarshi oʻyinda (2:2) darvozabon vazifasini bajarganKamil Mingazov preserved the post of the head coach of the womenʼs football national team of Turkmenistan.
Murabbiylik faoliyati U murabbiylik faoliyatini 2006-yil may oyida „Nisa“ futbol klubining bosh murabbiyi sifatida boshlagan.
Kopetdagdagi sobiq jamoadoshi Tofik Shukurov bilan birga Kopetdagning ayollar jamoasiga bosh murabbiylik qilgan.
Shuningdek, u Ashxoboddagi „Talyp Sporty“ futbol klubida yordamchi murabbiy sifatida faoliyat yuritgan.
2019-yildan beri u bir vaqtning oʻzida Turkmaniston futbol boʻyicha ayollar milliy terma jamoasi va futzal boʻyicha ayollar milliy terma jamoasini boshqarmoqda.
2020-yilda Ashxobod ayollar futzal klubiga murabbiylik qilgan.
Shaxsiy hayoti Mingazovning kelib chiqishi tatar millatiga mansub. Uning rafiqasi Yekaterina 1969-yilda tugʻilgan. Ularning uch farzandi bor: Albina (1988-yilda tugʻilgan), Kamila Mingazova (2005-yilda tugʻilgan) va oʻgʻli Ruslan Mingazov (1991-yilda tugʻilgan).
Uning oʻgʻli Ruslan Turkmanistonlik futbolchi boʻlib, hozirda Kitchee jamoasida toʻp surmoqda.
Uning kichik qizi Kamila Mingazova ham professional futbolchiKamila Mingazowa – Player Info va futzalchiJenskaya sbornaya Turkmenistana pribila v Tashkent na otborochniy turnir Kubka Azii po futzalu hisoblanadi.
Manbalar
Havolalar
Komil Mingazov Footballfakts saytida Komil Mingazov Soccerway saytida Komil Mingazov Fbref saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbol murabbiylari Turkum:Ashxobodlik futbolchilar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Turkmanistonlik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Kopetdag futbol klubi futbolchilari Turkum:FSC Bukovyna Chernivtsi futbolchilari Turkum:FC Nisa klubi futbolchilari Turkum:FC Jenis klubi futbolchilari Turkum:Shaxtyor Qaragʻandi klubi futbolchilari Turkum:Turkmanistonlik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Qozogʻistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Turkmaniston milliy terma jamoasi futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2004 futbolchilari Turkum:Turkmaniston futbol murabbiylari Turkum:FC Nisa Aşgabat murabbiylari Turkum:Turkmaniston ayollar milliy futbol terma jamoasi murabbiylari Turkum:Tatar sportchilar