Sati (pali: sati; smṛti), soʻzma-soʻz „xotira“ yoki „saqlab qolish“Lecture, Stanford University Center for Compassion and Altruism Research and Education, c 18:03 maʼnolarini anglatadi va odatda „onglilik“ deb tarjima qilinadi, „kuzatishlarni eslab qolish“ degan maʼnoni bildiradi. Bu Buddist amaliyotining muhim qismidir. Unga toʻrt asosiy onglilik poydevori, besh idrok, besh kuch, maʼrifatga erishishning yettita omili, sakkiz karra ezgu yoʻl va tushunish darajasiga erishish kabi dharmalarni eslab qolish maʼnolari kiradi. Shuningdek, u badan va aql hodisalarining dharmalariga nisbatan aniq xabardorlikni saqlash amalini anglatadi, buning maqsadi yomon holatlarning paydo boʻlishiga qarshi turish va yaxshi holatlarni rivojlantirishdir. Bu maʼrifatga erishishning yettita omilining birinchisidir. „Toʻgʻri“ onglilik (Pali: sammā-sati, Sanskrit: samyak-smṛti) sakkiz karra ezgu yoʻlning yettinchi unsuridir.

Taʼrifi „Onglilik“ deb tarjima qilingan bu buddizm atamasi, „kuzatishlarni eslab qolish“ degan maʼnoni anglatadi va Pali tilidagi sati va uning Sanskrit tilidagi moslashuvi smṛti soʻzlaridan kelib chiqqan. Robert Sharfning soʻzlariga koʻra, bu atamalarning maʼnosi keng munozara va muhokamalarga sabab boʻlgan. Smṛti dastlab Vedik anʼanasida muqaddas matnlarni eslab qolish kabi „eslamoq“, „xotirlamoq“, „yodda saqlamoq“ maʼnolarini anglatgan. Sati atamasi, muqaddas yozuvlarning taʼlimotlarini „eslab qolish“ni anglatadi. Satipațțhāna-suttada sati atamasi haqiqatdan xabardorlikni saqlashni anglatadi, bunda sezgi idroklari illuziya sifatida tushuniladi va shu orqali hodisalarning haqiqiy tabiatini koʻrish mumkin. Sharf Milindapanhaga ishora qilib, unda satining paydo boʻlishi toʻrt asosiy onglilik poydevori, besh idrok, besh kuch, maʼrifatga erishishning yettita omili, sakkiz karra ezgu yoʻl va tushunish darajasiga erishish kabi dharmalarni esga solishini tushuntirilganligini taʼkidlaydi.

Izohlar

Manbalar

Adabiyotlar

Havolalar

Mindfulness tadqiqoti boʻyicha qoʻllanma Amerika Zehnni oʻrganish assotsiatsiyasi. Oxford universiteti tadqiqotlari. What is Mindfulness? BOshlovchilar uchun buddizm

Turkum:Buddist meditatsiyasi Turkum:Onglilik (buddizm)