Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi – 2023-yil 23-noyabrda „Raqamli texnologiyalar vazirligi“ huzuridagi taʼlim loyihalarini tashkil etish, rivojlantirish hamda muvofiqlashtirish vazifalarini bajradigan davlat muassasasi sifatida tashkil topgan. Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi raqamli taʼlimni rivojlantirish boʻyicha loyiha va dasturlarni amalga oshirish, davlat organlari hamda tashkilotlari xodimlari hamda aholining, shu jumladan, yoshlar, ayollar va nogironligi boʻlgan shaxslarni raqamli texnologiyalar boʻyicha „hayot davomida taʼlim olish“ tamoyili asosida oʻqitish tizimini ishlab chiqish va „Oʻzbekiston-2030“ strategiyasida IT xizmatlar va dasturiy mahsulotlar eksporti hajmini $5 mlrdga yetkazish maqsadi doirasida mutaxassislarni tayyorlaydi. Markaz „Muhammad al-Xorazmiy vorislari“ loyihasi doirasida Xorazm viloyati va Qoraqalpogʻiston Respublikasida, shuningdek, boshqa hududlarda ham oʻquvchi-yoshlarni dasturlash va xorijiy tillarga oʻqitish tizimini yoʻlga qoʻyadi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–178-son qarori bilan joriy etilgan „IT-shaharcha“ loyihasining faoliyatini samarali tashkil etish va rivojlantirish ishlarini amalga oshiradi. Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi „IT-isteʼdod“ loyihasi doirasida yoshlarni Xalqaro IT-sertifikat olishga ketgan xarajatlarini qaytarish va „IT talents“ dasturi doirasida esa IT-xizmatlar eksporti yoʻnalishi boʻyicha malakali mutaxassislarni tayyorlagan xususiy IT taʼlim markazlariga subsidiya ajratish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtiradi.
Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazining vazifalari
„Bir million o‘zbek dasturchilari“ loyihasi doirasida yoshlarni dasturlashga bepul oʻqitadi. „IT-isteʼdod“ loyihasi doirasida yoshlarga Xalqaro IT-sertifikat olgani uchun oʻqish va sertifikat xarajatlarini qoplash jarayonlarini muvofiqlashtiradi. IT-xizmatlar eksporti yoʻnalishi boʻyicha malakali mutaxassislarni tayyorlash faoliyatini qoʻllab-quvvatlash „IT talents“ dasturi doirasida nodavlat taʼlim tashkilotlariga bir martalik subsidiya ajratish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatadi.
Manbalar
Havolalar Veb-sayt. Linkedin. Instagram. Telegram
Turkum:Davlat tashkilotlari