Canim Hoja Mehmed posho (Yevropa mamlakatlari manbalarida Canum Hoja nomi bilan ham tanilgan) – XVIII asrda yashagan, asl kelib chiqishi yunonlardan boʻlgan Usmoniylar admirali, 3 marotaba Kapudan posho (yaʼni Usmoniylar flotining bosh admirali) lavozimida xizmat qilgan.
Mehmed posho asli janubiy Gretsiyadagi Peloponnes yarim orolining janubi-gʻarbiy qismida joylashgan qal’a shahar Koronidan chiqqan yunon millatiga mansub musulmon boʻlgan. Canim Hoja Mehmed Moreya urushi (1684–1699) paytida venetsiyaliklar tomonidan asirga olingan va ularning flotida 7 yil davomida galerada qul boʻlgan. Keyinchalik u 100 oltin dukat evaziga ozod etilganSetton (1991), p. 428.
Canım Hoca Mehmed birinchi marta Kapudan posho lavozimiga 1714-yil dekabrda Usmoniylar–Venetsiya urushi (1714–18) boshlanganda tayinlangan. U bu urushda Tinos orolini egallagan, shuningdek, Moreyaning Usmoniylar tomonidan qayta zabt etilishi vaqtida venetsiyalik asirlarga nisbatan insonparvar munosabati bilan ajralib turgan. Bu esa bosh vazir Silohdor Damat Ali poshoning shafqatsiz xatti-harakatlaridan keskin farq qilganSetton (1991), pp. 431–432.
1716-yil 8-iyuldagi jangda u Korfu qamali (1716) paytida Usmoniylar flotiga boshchilik qilgan, biroq bu urinish muvaffaqiyatsiz yakunlangan. Korfu Ioni orollarining bosh oroli boʻlib, u oʻsha paytda[Venetsiya hukmronligi ostidagi Ioni orollari tarkibida ediSetton (1991), pp. 441–442.
Canım Hoca Mehmed 1717-yil fevralda lavozimidan ozod etilgan, biroq 1730-yilda qisqa muddatga yana bu lavozimga qaytgan va 1732-yilda uchinchi marotaba Kapudan posho etib tayinlangan. U bu lavozimda 1736-yilgacha xizmat qilgan.
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:17-asrda tugʻilganlar Turkum:18-asrda vafot etganlar Turkum:18-asr Usmoniylar harbiy xizmatchilari Turkum:Kapudan posholar Turkum:18-asr Usmoniylar imperiyasidagi qullar Turkum:Usmoniylar harbiy asirlari Turkum:Usmoniylar–Venetsiya urushlarida ishtirok etganlar Turkum:Venetsiya Respublikasi tomonidan asir olinganlar Turkum:Koroniliklar Turkum:Galera qullari Turkum:Usmoniylar–Venetsiya urushi (1714–1718)