Kabo-Verde milliy futbol terma jamoasi (; FIFA tomonidan Kabo Verde deb tan olingan) – Kabo-Verde davlatining xalqaro erkaklar futbol terma jamoasi. Terma jamoa Kabo-Verde futbol federatsiyasi tomonidan nazorat qilinadi. Jamoaning laqabi Tubarões Azuis (portugalchadan tarjima qilganda koʻk akulalar). Milliy terma jamoa birinchi oʻyinini 1978-yil 19-aprelda Gvineya terma jamoasiga qarshi oʻtkazgan va bu oʻyinda 1:0 hisobida magʻlub boʻlgan. 1982-yilda federatsiya Afrika Futbol Konfederatsiyasi va FIFAga aʼzo boʻlgan. Terma jamoa birinchi marta 1992-yilda Afrika Millatlar Kubogi saralash bosqichida ishtirok etgan va 2003-yilda oʻzining birinchi FIFA Jahon chempionati saralash bosqichini oʻynagan.
Terma jamoa aksariyat uy oʻyinlarini Kabo-Verde milliy stanionida oʻtkazadi. Jamoa birinchi marta 2013-yilda Afrika millatlar kubogida ishtirok etgan. Oʻshandan beri 2015, 2021 va 2023-yillarda saralash bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib turnirga yoʻllnma olgan. Afrika millatlar kubogidagi eng yaxshi yutugʻi 2013 va 2023-yillarda, chorak final bosqichiga qadar yetib borgan. Kabo-Verde 2021-yilgi yil yakunlatiga koʻra FIFA reytingida 73-oʻrinni egallagan. Jamoani Pedro Leytao Brito boshqaradi.
Kabo-Verde birinchi marta 2026-yilgi Jahon chempionatiga yoʻllanma oldi. Shunday qilib, ular 4033 kvadrat kilometr () va 525 000 dan sal kam aholiga ega boʻlgan yer maydoni boʻyicha eng kichik va aholisi boʻyicha jahon chempionatiga chiqish huquqiga ega boʻlgan ikkinchi eng kichik davlatga aylandilar.
Izohlar
Manbalar
Havolalar
FCF – Kabo-Verde futbol federatsiyasi OʻJOGO: News on Portuguese speaking African football teams Cape Verde at CAF Cape Verde at FIFA RSSSF archive of results 1979– National Football Teams – Cape Verde
Turkum:Afrika milliy futbol terma jamoalari