Turgut Alp, shuningdek, Turgʻut bey nomi bilan ham tanilgan, turkman yetakchisi va beyi Ertoʻgʻrulning oʻgʻli, Usmoniylar imperiyasi asoschisi Usmon I uchun jang qilgan sarkarda va alp-beylardan biri. Imperiya tashkil topgach, Usmon I va uning oʻgʻli Oʻrxon I hukmronligi davrida harbiy qoʻmondonlardan biri sifatida xizmat qilgan(https://books.google.com/books?id=tjQKAQAAMAAJ&q=turgut+alp+friend}}).
Hayoti Uning hayoti haqida juda oz maʼlumot mavjud, baʼzi tarixchilar uning tarixiy shaxs boʻlganligiga ham shubha bilan qarashadi. Usmon I hukmronligi davridagi dastlabki Usmoniylar fathlari chogʻida Turgut Alp Angelakoma (bugungi İnegöl) hududi tomon yuborilgan va u yerni zabt etgan. Ushbu hududdagi ayrim qishloqlar unga Usmon I tomonidan inʼom qilingan va bu yer „Turgut ili“ (Turgʻut viloyati) deb atalgan „il“ meaning in Tureng Dictionary]. Bursa qamali davrida Turgut Alp Usmonning jangchisi Mihal Gʻoziy bilan birgalikda 1325-yilda Atranos qal’asini (keyinchalik Orhaneli deb atalgan) zabt etgan, bu esa Sulton Oʻrxon davrida Bursaning fath etilishida muhim rol oʻynagan. U, shuningdek, Bursaning zabt etilishida (1326-yil) Oʻrxon bilan birga ishtirok etgan.
Dafn qilingan joyi Uning qabri Turkiyaning İnegöl shahridagi Turgutalp (Genci) qishlogʻi qabristonida joylashgan. Ertoʻgʻrul Gʻoziy maqbarasi yonidagi qabr esa ramziy boʻlib, asl dafn qilingan joyi emas.
Merosi 1877-yilda Rus-turk urushi (1877–1878) davrida Usmoniylar imperiyasi tarkibida Turgut Alp nomi bilan atalgan Turgutalp shahri tashkil etilgan.
Manbalar
Turkum:14-asr Usmoniy harbiy arboblari Turkum:13-asr Usmoniylar imperiyasidan boʻlgan shaxslar Turkum:14-asr Usmoniylar imperiyasi harbiy shaxslari