Lee Young-ah ( 1984-yil 23-oktyabr, Daegu, Janubiy koreya) – janubiy koreyalik aktrisa va model. „Golden Bride“ nomli koreys serialida Nguyen Jin Joo rolini oʻynagani ortidan mashhurlikka erishgan. Lee Young-ah yana „Non isi“ serialida bosh qahramon Kim Tak-guning sevgilisi Yang Mi-sun roli bilan tanilgan. Aktrisa Yoon Shi-yoon bilan birga 2010-yilda „Eng yaxshi juftlik“ nominatsiyasida KBS Drama mukofotini qoʻlga kiritgan.

Tarjimayi holi va faoliyati Lee Young-ah 1984-yil 23-oktyabrda Daeguning Suseong tumanida tugʻilgan. Lee Young-ah 19 yoshida aktyorlik faoliyatini boshlagan. Dastlab SBS telekanalining „I Love You, My Enemy“, keyinchalik „The Youth in Bare Foot“, „Golden Apple“ va „Wedding“ teleseriallarida rol ijro etgan. 42-Baeksang sanʼat mukofoti marosimida „Golden Apple“ serialidagi yosh Kyung Sook roli uchun „Eng yaxshi yangi aktrisa“ mukofotini qoʻlga kiritgan. Yana shuningdek, „Ghost Story“, „Caramel“, „Two Faces of My Girlfriend“ kabi filmlarda epizod rollarni oʻynagan va „Dachimawa Lee“ filmiga ovoz bergan.

2006-yilda aktrisa „Love Canʼt Wait“ teleserialida birinchi bosh rolini ijro etadi. Serialda aktyor Hong Kyung-min gavdalantirgan kambagʻal huquqshunos talabani sevib qolgan 19 yoshli maktab bitiruvchisi rolini ijro etgan. Shu yili Kim Hyun-joong bilan birga Eruning „Black Glasses“ nomli musiqiy klipida ham suratga tushgan.

Keyingi bosh roli 2007-yildagi „Golden Bride“ seriali boʻlib, unda Lee vyetnamlik yosh kelin rolini oʻynagan. Serial koʻzi ojiz onasiga yordam berish hamda Koreyada otasini izlash maqsadida koreyalik yigitga turmushga chiqqan qiz haqida boʻlib, drama televideniyeda yuqori reytinglariga erishgani sababli yana 14 ta qismga uzaytiriladi.

2008-yilda Lee „Iljimae“ serialida ikkinchi darajali rolni ijro etgan. Serilada bosh qahramon oʻtmishi bilan bogʻliq kulgili va sodda firibgar Bong Soon rolini oʻynagan. Bu serialda aktirsa Han Hyo-joo, Lee Joon-gi va Pak Si-hoo bilan hamkorlikda ishlagan. 2009-yilda „Empress Cheonchu“ serialida qirolicha Daemok rolini ijro etgan. 2010-yilda „Non isi“ serialida bosh qahramonlardan biri Yang Mi-sun rolini oʻynagan. Serial uchun „Love Is“ nomli qoʻshiqni ijro etgan. Serial yuqori reytinglarga erishib, Filippin, Vyetnam hamda boshqa mamlakatlarda namoyish etilgan. „Non isi“ seriali muvaffaqiyatidan soʻng, aktrisa „Vampire Prosecutor“ serialining asosiy aktyorlar tarkibiga qoʻshiladi va keyinchalik „Vampire Prosecutor 2“ serialida ham prokuror Yoo Jung-In rolini ijro etadi.

2013-yilda Lee Young-ah Namkoong Min bilan birga „Unemployed Romance“ nomli 10 qismli serialda bosh rolni ijro etadi. Serial ishsiz ssenariychi ayolning ishsizlik nafaqasini tarqatish markazida ishlaydigan xodim bilan uchrashuvi va keyinchalik uni sevib qolishi haqidagi sevgi hikoyasini tasvirlaydi.

Shaxsiy hayoti 2018-yil noyabr oyida uning agentligi Lee va uning „Love to the End“ serialidagi hamkasbi Kang Eun-tak 2018-yil oktyabr oyidan beri yaqin munosabatda ekanligini tasdiqlaydi. 2019-yil aprel oyida esa ularning agentliklari Lee va Kang Eun-tak oʻsha yilning boshida oʻzaro munosabatlarini tugatganliklarini maʼlum qilishdi.

Lee Young-ah 2020-yil mart oyida taniqli boʻlmagan sevgilisiga turmushga chiqishni rejalashtirilgan, ammo Janubiy Koreyadagi COVID-19 pandemiyasi tufayli toʻy yil oxiriga qoldiriladi. 2020-yil 23-avgustda Lining agentligi aktirsa birinchi farzandi – oʻgʻil koʻrganini eʼlon qiladi.

Filmografiyasi Filmlar Yil Film nomi Rol Izoh 2006 A Ghostʼs Story Caramel 2007 Two Faces of My Girlfriend Qiz 2008 Dachimawa Lee Navigatsiya ovozi Kameo 2011 Julieʼs Land Adventures Julie Koreyscha dublyaj 2012 Natural Burials Chung-ah 2015 Snow in Sea Breeze Sun-mi 2018 Notebook from My Mother Qiz

Teleseriallar Yil Teleserial nomi Rol Izoh 2005 I Love You, My Enemy Kim Mi-hyang The Barefooted Youth Wedding Golden Apple yosh Kyung-sook 2006 Love Canʼt Wait Seo Eun-min 2007 Golden Bride Nguyen Jin-joo 2008 Iljimae Bong-soon 2009 Empress Cheonchu qirolicha Daemok 2010 Bread, Love and Dreams Yang Mi-sun 2011 Vampire Prosecutor Yoo Jung-in 2012 Natural Burials Chung-ah Dream of the Emperor qirolicha Seungman Vampire Prosecutor 2 Yoo Jung-in 2013 Unemployed Romance Im Seung-hee 2014 KBS Drama Special:„Bomi’s Room“ Gong Eon-joo Run, Jang-mi Baek Jang-mi 2015 Cheo Yong Kim Yoo-ri 2-mavsum; Kameo (1-qism) 2018 Love to the End Han Ka-young

Diskografiyasi Saundtrek Yil Qoʻshiq Albom 2010 „Love Is“ Bread, Love and Dreams OST

Manbalar

Turkum:Janubiy Koreyalik aktrisalar Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar