Shirin Abdullayeva (2005-yil 14-dekabr – 2025-yil 15-fevral) – oʻzbek xonanda va aktrisa edi. U koʻp tillarda ijro eta olish qobiliyati va turli madaniyatlarga oid chiqishlari tufayli „Markaziy Osiyo ovozi“ deya eʼtirof etilgan. Oʻzbekiston, Rossiya va Xitoyda musiqa va kino loyihalarida ishtirok etgan.

Biografiyasi Namanganda tugʻilgan Abdullayeva uch yoshidan qoʻshiq ayta boshlagan, keyinchalik oʻz musiqalarini ham yaratgan. Uning „Luli“, „Metro“ va „Bezori“ kabi qoʻshiqlari mashhur boʻlgan. U Xitoyning nufuzli televidenie dasturlarida oʻzbek madaniyatini namoyish etib, xitoylik xonanda Fei bilan hamkorlikda ijod qilgan.

2022-yilda Abdullayeva Rossiyaning „Mister Nokaut“ nomli filmida rol ijro etgan. U Singhua universitetida taʼlim olgan. 2023-yilda sanʼat sohasidagi yutuqlari uchun Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan.

Vafoti Abdullayeva 2025-yil 15-fevralda Pekinda kasallikdan, ehtimol meningitdan, vafot etdi. U ikki oy davomida komada boʻlgan edi.

Fond 2025-yil aprel oyida Tsinghua universitetida Shirin Abdullayeva nomidagi stipendiya taʼsis etilgani. Grant Tsinghua universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti talabalari uchun moʻljallangan. Ushbu stipendiya uning oilasi – otasi Bahodir Abdullayev va opasi Gulbahor Tojimirzaeva tomonidan universitet taʼlim jamgʻarmasi koʻmagida taʼsis etilgan. Grantning rasmiy ochilishi 2025-yil 10-aprelda universitet tomonidan tashkil etilgan tantanali marosimda boʻlib oʻtdi.

Ushbu stipendiya 2025-yil 10-aprelda Tsingxua universitetida universitet, Oʻzbekiston Respublikasining Xitoydagi elchixonasi vakillari hamda Shirin Abdullayeva oilasi ishtirokida rasman taʼsis etilgan.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Namangan kishilari Turkum:Alifbo boʻyicha musiqachilar Turkum:Oʻzbekistonlik qoʻshiqchilar Turkum:21-asrda oʻzbekistonlik ayol qoʻshiqchilar Turkum:21-asrda oʻzbekistonlik aktrisalar Turkum:Tsinghua universiteti bitiruvchilari Turkum:Meningitdan vafot etganlar Turkum:Ensefalitdan vafot etganlar Turkum:Xitoydagi oʻzbekistonlik muhojirlar Turkum:Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohiblari Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar