Shaffoflik, korrupsiyaga qarshi kurash va iqtisodiy hayotni modernizatsiya qilish toʻgʻrisidagi qonun (fransuzcha: Loi relative à la transparence, à la lutte contre la corruption et à la modernisation de la vie économique), shuningdek, Sapin II qonuni nomi bilan ham tanilgan – 2016-yil noyabr oyida oʻsha paytdagi Fransiya moliya vaziri Michel Sapin tashabbusi bilan qabul qilingan Fransiya qonuni. Ushbu qonun korrupsiyaga qarshi kurashga qaratilgan boʻlib, vaqt oʻtishi bilan turli sohalarni qamrab oluvchi qoʻshimcha chora-tadbirlar bilan kengaytirilgan.

Tarixi 2016-yil 30-mart kuni boʻlib oʻtgan Vazirlar Kengashi yigʻilishida Fransiya moliya vaziri Michel Sapin shaffoflik, korrupsiyaga qarshi kurash va iqtisodiy hayotni modernizatsiya qilish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini taqdim etdi. U mazkur qonun „Fransiyani shaffoflik va korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha eng yuqori xalqaro standartlar darajasiga olib chiqishini“ taʼkidlagan.

Qonun loyihasi boʻyicha qator fuqarolik jamiyati tashkilotlari, jumladan, Anticor, Attac, BLOOM, CCFD-Terre Solidaire, Collectif Roosevelt, Justice et Paix, Observatoire Citoyen pour la Transparence Financière Internationale (OCTFI), ONE, Oxfam France, ActionAid France – Peuples Solidaires, Réseau Foi et Justice Afrique, Sherpa, Solidaires Finances Publiques va Syndicat de la magistrature oʻz pozitsiyalarini bildirgan. Ular barcha tavsiyalarini jamlagan qoʻshma tahliliy bayonot ham eʼlon qilgan.

Parlament muhokamalari 2016-yilning mayidan noyabrigacha davom etdi. Qonun Konstitutsiyaviy kengash nazoratidan oʻtkazilib, unda transmilliy kompaniyalarni xorijdagi faoliyati va soliq toʻlovlariga oid maʼlumotlarni oshkor qilishga majburlovchi norma bekor qilindi, lekin qonunning qolgan barcha bandlari maʼqullandi.

Qonun ayrim sharhlovchilar nazarida AQSh va boshqa davlatlar, xususan Yevropa oʻrtasidagi iqtisodiy urush sharoitida qabul qilingan. Bu „urush“ AQShning korrupsiyaga qarshi qonunlarini xolis boʻlmagan va ekstraterritorial (boshqa davlatlar hududiga tatbiq etiladigan) tarzda qoʻllashi orqali olib borilayotgani taʼkidlangan. Biroq Michel Sapin vaziyatga butunlay boshqacha baho bergan: „Adliya tizimi va sud politsiyasida resurslar yetishmaydi. „Natijada birov koʻrmasa, javobgarlik yoʻq“ degan holat yuzaga keladi va AQSh yoki Buyuk Britaniya kabi davlatlar bizning oʻrnimizga jazolash ishlarini amalga oshirmoqda. Bu esa na obroʻmiz, na suverenitetimiz uchun yaxshi.“

Vazirlar Kengashi Birinchi o‘qish Qayta o‘qish Yakuniy o‘qish Konstitutsiyaviy kengash Respublika Prezidenti Milliy Assambleya Senat Milliy Assambleya Senat Milliy Assambleya Taqdim etilish Ovoza berish Ovoza berish Matn Ovoza berish Ovoza berish Qaror E’lon qilish (promulgatsiya) 2016-yil 30-mart 2016-yil 14-iyun 2016-yil 8-iyul 2016-yil 29-sentabr 2016-yil 3-noyabr 2016-yil 8-noyabr 2016-yil 8-dekabr 2016-yil 9-dekabr

Ko‘rib chiqilgan mavzular Korrupsiyaga qarshi kurash Qator xalqaro maydonlarda, xususan 2012 va 2014-yillarda OECD doirasida Fransiya xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha oʻz qonunlarini yetarli darajada qoʻllayotgan davlat sifatida baholanmagan. Sapin II qonuni ushbu yoʻnalishda Fransiyaning institutsional tizimini sezilarli darajada kuchaytirdi. Bu masala ayniqsa dolzarb edi, chunki „fransuz kompaniyalari xalqaro bozorlarda faol ishtirok etadi va korrupsiya xavfi yuqori boʻlgan qator sohalarda yetakchi oʻrinlarni egallaydi.“

Fransiya Antikorrupsiya agentligi tuzilishi Mazkur qonun Adliya vaziri va Budjet vaziriga boʻysunadigan milliy organ – Fransiya Antikorrupsiya agentligi (French Anti-Corruption Agency (AFA)) tuzilishini belgilab berdi. Uning asosiy vazifasi – vakolatli organlar hamda ular bilan hamkorlik qiluvchi subyektlarga korrupsiya, mansab vakolatini suiisteʼmol qilish, davlat mablagʻlarini talon-taroj qilish va favoritizm holatlarini oldini olish hamda aniqlashda koʻmaklashishdan iborat. AFA keng vakolatlarga ega boʻlib, ayniqsa maslahat berish va nazorat olib borish bilan shugʻullanadi. Agentlik davlat va xususiy sektorda korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha Fransiyaning muhim strategik institutiga aylanishi koʻzda tutilgan.

Yana qarang Fransiyada korrupsiya

Manbalar

Havolalar

Turkum:Korrupsiyaga qarshi qonunchilik