Uilyam „Bill“ Jefferson Klinton (inglizcha: William „Bill“ Jefferson Clinton; 1946-yil 19-avgustda tugʻilgan) amerikalik siyosatchi va prokuror boʻlib, 1993-yildan 2001-yilga qadar Amerika Qoʻshma Shtatlarining 42-prezidenti lavozimini bajargandir. Bungacha 1977-yildan 1979-yilga qadar Arkansas shtati bosh prokurori, 1979-yildan 1981-yilgacha va 1983-yildan 1992-yilgacha Arkansas shtati gubernatori vazifalarida faoliyat yuritgan. Demokratlar partiyasi aʼzosi boʻlgan Klinton siyosatida „Uchinchi yoʻl“ siyosiy falsafasi aks etgani ortidan „Yangi demokrat“ oʻlaroq tanildi. Uning rafiqasi Xillari Klinton boʻlib, u 2001-yildan 2009-yilga qadar Nyu-York shtatidan senator, 2009-yildan 2013-yilga qadar davlat kotibi va 2016-yilgi prezidentlik saylovida Demokratlar partiyasidan nomzod boʻlgan.

Klinton Arkansas shtatida tugʻilib oʻsgan. Maktabni tugatgach, Jorjtaun universitetiga oʻqishga kirgan. U Oksford universitetida Rhodes nomidagi stipendiya asosida oʻqidi, keyinchalik Yel universitetining huquqshunoslik fakultetini tamomladi. U Hillary Rodham bilan Yaleda uchrashgan; ular 1975-yilda turmush qurishgan. Yaleni tugatgach, Klinton Arkansasga qaytdi va shtat bosh prokuroriligi saylovlarida qatnashib, gʻalaba qozondi, keyinchalik ikki muddat (ketma-ket emas) Arkansas gubernatori lavozimini (1979-1981, 1983-1992) bajardi. Gubernator sifatida, u shtat taʼlim tizimiga eʼtibor qaratdi va Gubernatorlar milliy assotsiatsiyasi raisi lavozimida faoliyat olib bordi. Klinton 1992-yilgi prezidentlik saylovida qatnashdi va Respublikachilar partiyasidan Jorj G. U. Bush va mustaqil nomzod Ross Perot ustidan gʻalaba qozondi. Shunday qilib, 46 yoshida AQSh prezidenti lavozimini egallab, buning ortidan AQSh tarixida uchinchi eng yosh prezident boʻldi.

Klinton 1996-yilgi prezidentlik saylovlarida ham gʻalaba qozonib, ikkinchi muddatga qayta saylandi. Ikkinchi muddati davomida Klinton 22 yoshli Oq uy xodimasi Monika Levinski bilan jinsiy aloqa qilganligi ortidan 1996-yilda boshlangan Monika Levinski mojarosi uning nufuziga putur yetkazdi. Bu mojaro yil davomida avj oldi va shu yilning 19-dekabrida Vakillar palatasi unga qarshi impichment eʼlon qildi va Klinton AQSh tarixida Endryu Jonsondan keyin impichment eʼlon qilingan ikkinchi prezident boʻldi. Klinton sudga yolgʻon koʻrsatmalar berganlikda hamda prezidentlik vakolatlaridan foydalangan holda haqiqatni qaror toptirishga toʻsqinlik qilganlikda ayblandi. Keyingi yili Sentada impichment boʻyicha sud jarayoni boshlandi, ammo Senatda unga qarshi 67 ta ovoz toʻplanmadi va buning ortidan Klinton ikkala ayblov boʻyicha ham oqlandi.

Klinton prezidentlik lavozimini muddati tugab tark etganidan soʻng, turli ommaviy tadbirlarda chiqish qildi va insonparvarlik ishlari bilan shugʻullandi. Uning prezidentlik davri AQSh prezidentlari tarixiy reytingida yuqori oʻrinni egallagan. Klinton OITSga qarshi kurash va global iqlim oʻzgarishi bilan shugʻullanuvchi Klinton Jamgʻarmasiga asos soldi. 2009-yilda BMTning Gaiti boʻyicha maxsus vakili etib tayinlandi. 2010-yili sodir boʻlgan Gaiti zilzilasidan soʻng, Klinton va Jorj U. Bush birga Klinton Bush Gaiti Fund xayriya fondiga asos solishdi. Klinton Demokratlar partiyasi siyosatida faolligicha qolib, turmush oʻrtogʻini 2008- va 2016-yilgi saylovlarda qoʻllab-quvvatladi.

Dastlabki hayoti va karyerasi thumb|left|upright|Klinton 1963-yilda Klinton 1946-yil 19-avgustda Arkansas shtatining Hope shahrida Julia Chester shifoxonasida dunyoga kelgan. Tugʻilgan paytida ismi Uilyam Jefferson Blayt III boʻlgan. Otasi Uilyam Jefferson Blayt Jr. oʻgʻli tugʻilishidan uch oy avval avtomobil halokati tufayli vafot etgan. Onasi — Virjiniya Dell Kessidi (keyinchalik Virjiniya Kelli). Ular 1943-yil 4-sentyabrda turmush qurishgan. Virginia oʻgʻli Bill tugʻilganidan soʻng, hamshiralikka oʻqish uchun Billni ota-onasi Eldrij va Edit Kessidiga tashlab, Yangi Orleanga ketadi va Billni ota-onasi Eldrij va Edit Kessidiga tashlab ketadi. Billning bobosi va buvasi boʻlmish Kessidilar Hope shahrida oziq-ovqat doʻkoniga egalik qilishib, uni yurgizishgan Ular AQSh janubida irqchilik ketayotgan bir davrda barcha irqdagilar uchun mahsulotlarini kredit asosida berishgan.. 1950-yili Billning onasi hamshiralik maktabidagi oʻqishdan qaytib kelgach, Rojer Klinton Sr.ga turmush quradi. Rojer Arkansas shtatining Xot-Springs shahrida akasi Erl T. Riks bilan birga avtomobil sotadigan firmaga egalik qilgan. Shunday qilib, oila 1950-yili Xot-Springsga koʻchib oʻtgan.

Bill qisqa fursatda oʻgay otasini familiyasini oldi. Klinton oʻgay otasini muntazam ravishda onasini va oʻgay ukasi Rojer Klinton Jr.ni uradigan qimorboz va piyonista sifatida tasvirlaydi. Bill ularni himoya qilganda koʻp marota oʻgay otasi unga kuch ishlatishi bilan tahdid qilgan.

Xot-Springsda Klinton St. Johnʼs katolik boshlangʻich maktabi, Ramble boshlangʻich maktabi va Xot-Springs oʻrta maktabida oʻqigan va u yerda faol oʻquvchilar lideri, gʻayratli kitobxon va musiqachi boʻlgan Oʻquvchilik yillarida saksofon ham chalgan.

Klintonning hayotidagi ikki hodisa uning jamoat arbobi boʻlish qaroriga muhim taʼsir oʻtkazgan boʻlib, ularning ikkalasi ham 1963-yilda sodir boʻlgan. Birinchisi, Boys Nation senatori sifatida prezident Jon F. Kennedi bilan uchrashish uchun Oq uyga tashrifi boʻlgan Ikkinchisi, Martin Luter King Jr.ning „I Have a Dream“ („Menda orzu bor“) nomli nutqini televizor orqali tomosha qilgani boʻlgan, ushbu nutq uni shunchalik lol qoldirganki, keyinchalik uni yod oladi ...

Saylov tarixi Yil Lavozim Yurisdiksiya Demokratlar Respublikachilar Boshqa 1974 Arkansas 3-okrug Arkansas Bill Klinton 48 % Jon Pol Xammershmidt 52 % 1976 Arkansas bosh prokurori Arkansas Bill Klinton Lavozim yoʻq 1978 Arkansas gubernatori Arkansas Bill Klinton 63 % Linn Lou 37 % 1980 Arkansas gubernatori Arkansas Bill Klinton 48 % Frenk Uayt 52 % 1982 Arkansas gubernatori Arkansas Bill Klinton 55 % Frenk Uayt 45 % 1984 Arkansas gubernatori Arkansas Bill Klinton 63 % Vudi Frimen 37 % 1986 Arkansas gubernatori Arkansas Bill Klinton 64 % Frenk Uayt 36 % 1990 Arkansas gubernatori Arkansas Bill Klinton 57 % Sheffild Nelson 42 % 1992 AQSh prezidenti AQSh Bill Klinton 43 % Jorj G. U. Bush 37 % Ross Perot (I) 19 % 1996 AQSh prezidenti AQSh Bill Klinton 49 % Bob Doul 41 % Ross Perot (Reform) 8 %

Kitoblari

Manbalar

Adabiyotlar

Peter Baker The Breach: Inside the Impeachment and Trial of William Jefferson Clinton (2000) James Bovard Feeling Your Pain: The Explosion and Abuse of Government Power in the Clinton-Gore Years (2000) Joe Conason va Gene Lyons The Hunting of the President: The Ten-Year Campaign to Destroy Bill and Hillary Clinton (2003) Elizabeth Drew On the Edge: The Clinton Presidency (1994) David Gergen Eyewitness to Power: The Essence of Leadership. (2000) Nigel Hamilton Bill Clinton: An American Journey (2003) Christopher Hitchens No One Left to Lie to: The Triangulations of William Jefferson Clinton (1999) Michael Isikoff Uncovering Clinton: A Reporter’s Story (1999) Mark Katz (speechwriter)|Mark Katz Clinton and Me: A Real-Life Political Comedy (2004) David Maraniss The Clinton Enigma: A Four and a Half Minute Speech Reveals This Presidentʼs Entire Life (1998) Dick Morris with Eileen McGann Because He Could (2004) Richard A. Posner An Affair of State: The Investigation, Impeachment, and Trial of President Clinton (1999) Mark J. Rozell The Clinton Scandal and the Future of American Government (2000) Timperlake, Edward va William C. Triplett II Year of the Rat: How Bill Clinton Compromised U.S. Security for Chinese Cash. Washington, D.C.: Regnery Publishing, 1998. Michael Waldman POTUS Speaks: Finding the Words That Defined the Clinton Presidency (2000) Ivory Tower Publishing Company. Achievements of the Clinton Administration: the Complete Legislative and Executive. (1995)

Havolalar

Bill Clinton kutubxonasi va muzeyi Clinton Jamgʻarmasi Oq uy biorafiyasi Arxivlangan Oq uy sayti

Turkum:1946-yilda tugʻilganlar Turkum:AQSh prezidentlari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Grammy mukofoti sovrindorlari Turkum:Amerikalik yozuvchilar Turkum:Amerikalik siyosatchilar Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar