Facundo Valentín Buonanotte (2004-yil 23-dekabrda tugʻilgan) – argentinalik professional futbolchi, hujumkor yarim himoyachi yoki qanot vingeri sifatida La Liganing „Elche“ klubi („Brighton & Hove Albion“ klubidan ijaraga olingan) hamda Argentina milliy terma jamoasida oʻynaydi.

Shaxsiy hayoti Buonanotte Argentinada tugʻilib voyaga yetgan. Uning ajdodlari italiyaliklarga borib taqaladi. Shu sababli futbolchi ikki fuqarolikni – Argentina va Italiya fuqaroligini qoʻlga kiritgan.

Klublardagi karyerasi Rosario Central Buonanotte 10 yoshidan boshlab „Rosario Central“ akademiyasida toʻp surishni boshlagan. U professional futboldagi debyutini 2022-yil 11-fevral kuni „Arsenal de Sarandí“ga qarshi oʻyinda zaxiradan maydonga tushib amalga oshirgan. 2022-yil 13-may kuni Copa Argentina doirasida „Sol de Mayoga“ klubiga qarshi penaltilar seriyasidagi gʻalabada u hal qiluvchi penalti muallifi boʻlgan. Ertasi kuni, 14-mayda, u „Rosario Central“ jamoasi bilan oʻzining ilk professional shartnomasini imzolagan. 2022-yil 8-iyul kuni u „Sarmiento“ bilan Argentina Primera División doirasidagi uchrashuvda (1:0) oʻzining debyut professional golini kiritgan.

Brighton & Hove Albion 2023-yil 1-yanvarda Buonanotte taxminan 5,3 million funt sterling evaziga Angliya Premyer-ligasining „Brighton & Hove Albion“ klubi akademiyasiga borib qoʻshildi. Shuningdek, belgilangan shartlar bajarilgan taqdirda yana qoʻshimcha 5,3 million funt sterling toʻlanishi belgilab qoʻyilgan edi. U klub safidagi debyutini 4-fevral kuni amalga oshirib, 75-daqiqada Tariq Lamptey oʻrniga maydonga tushirildi. Ushbu uchrashuvda „Brighton & Hove Albion“ „Bournemouth“ ustidan Kaoru Mitoma tomonidan 87-daqiqada kiritilgan gol evaziga gʻalaba qozondi.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Argentinalik erkak futbolchilar Turkum:Erkaklar futboli yarim himoyachilari Turkum:Erkaklar futboli vingerlari Turkum:Rosario Central futbolchilari Turkum:Brighton & Hove Albion F.C. futbolchilari Turkum:Leicester City F.C. futbolchilari Turkum:Chelsea F.C. futbolchilari Turkum:Leeds United F.C. futbolchilari Turkum:Elche CF futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Argentine Primera División futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Argentina terma jamoasi futbolchilari Turkum:Argentinalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar