Demerdash masjidi () – Qohira shahrining Al-Vayliy tumanida joylashgan masjid va maqbara. Mamluklar davrida milodiy 1523-yilda qurib bitkazilgan. Masjid Abbossiya hududidagi Demerdash shifoxonasi yonida joylashgan boʻlib, Ayn Shams Universiteti tarkibiga kiradi. Masjidga Shayx Demerdash nomi bilan mashhur Abu Abdulloh Muhammad ibn al-Amirning nomi berilgan boʻlib, uning qabri masjid ichida joylashgan.
Tarixi Masjid XVI asr boshlarida Misrda Mamluklar davrida qurilgan. Masjid qurilgan yer dastlab sulton Qaytbay tomonidan Sidi Demerdashning xizmatlariga minnatdorchilik sifatida sovgʻa qilingan. Shu yerda u uchun masjid barpo etilgan. Usmoniylar davrida 1524-yilda Sidi Demerdash vafot etgan va masjidning bir burchagiga dafn qilingan.
Demerdash masjidi va uning atrofidagi bino-inshootlar Misrga fransuzlarning yurishi vaqtida fransuz qoʻshinlari tomonidan talangan.
2018-yilda masjidda oʻgʻriliklar avj olgani haqida xabar berilgan, shuningdek, mahalliy aholi masjid hojatxonalari juda yomon ahvolda ekanidan shikoyat qilgan.
Meʼmorchiligi Asosiy masjid binosining maydoni taxminan 110 kvadrat metrni tashkil qiladi. Masjidning ustki qismi piyozsimon gumbaz bilan qoplangan boʻlib, gumbazning pastki qismida 16 ta kichik teshik mavjud, ularning 8 tasi deraza sifatida ochiq, qolgan 8 tasi esa faqat bezak uchun yopiq turadi. Masjidning toʻrt burchagida 3 tadan katta muqarnas joylashgan.
Masjid ichida Sidi Demerdashning qabr joyi minbarning shimoliy tomonida, masjidning bir burchagida joylashgan. Uning qabri yoʻnilgan yogʻochdan yasalgan zarih panjara bilan oʻralgan. Masjidning gʻarbiy qismida Misr xedivlaridan biri Hasan afandining xotinlaridan biriga tegishli qabr joylashgan. Sharqiy qismida esa yana bir qabr mavjud boʻlib, u Sinan poshoga tegishlidir.
Galereya
Yana qarang Qohiradagi masjidlar roʻyxati Misrda islom
Manbalar
Turkum:16-asr Misrdagi masjidlari Turkum:Qohiradagi Mamluk me’morchiligi Turkum:Misrdagi Mamluk masjidlari Turkum:Qohiradagi maqbaralar Turkum:Misrdagi gumbazli masjidlar Turkum:Misrdagi minorali masjidlar Turkum:1520-yillarda qurib bitkazilgan masjidlar Turkum:Qohiradagi masjidlar Turkum:1523-yilda qurib bitkazilgan diniy bino va inshootlar