Malik Shoh (مَلِكشاه,, ), Shohinshoh nomi bilan ham tanilgan () 1110-yildan 1116-yilgacha Rum Saljuqiylar sultonligining sultoni boʻlgan.
Hukmronligi Malik Shoh taxtga chiqishidan avval, 1107-yilda Kilich Arslon I vafotidan soʻng uch yil davomida taxt boʻsh qolgan edi. Malik Shoh 1110-yilgacha Isfahonda asir sifatida saqlangan, soʻngra taxtni qabul qilish uchun Onadoʻliga qaytgan. Oʻlimidan sal avval u Filomelion jangida Vizantiya imperatori Aleksios Komnenos tomonidan magʻlub etilgan. Shundan soʻng malik Shoh imperator bilan shartnoma tuzadi, goʻyoki vizantiyaliklarga Anatoliyadagi barcha yerlarini qaytarib berishga rozi boʻlgan, biroq bu shartnoma Malik Shoh taxtdan agʻdarilib, koʻzi oʻyilib, oxir-oqibat ukasi Masʼud tomonidan oʻldirilgach bekor qilinadi. Masʼud undan keyin sulton boʻldi. Vizantiyaliklardan koʻrgan magʻlubiyati tufayli Malik Shoh nufuzi pasaygani ehtimol uning taxtdan qulashini tezlashtirgan boʻlishi mumkinKomnene, pp. 488-491Birkenmeier, p.79 footnote.
Malik Shohni Anna Komnena koʻp hollarda tajribaliroq sarkardalarining strategiyalariga eʼtibor bermaydigan, hatto ularni masxara qilib, tanqid qiladigan nodon kishi sifatida tasvirlaydi.
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:12-asr Rum sultonlari Turkum:1116-yilda vafot etganlar Turkum:Vizantiya–Saljuqiylar urushlari Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar