Molekublar – Cornell universiteti tadqiqotchilari Hod Lipson va Victor Zykov tomonidan yaratilgan modulli robotlar toʻplami. Har bir molekub ikki qismdan iborat boʻlib, uning birinchi yarmi qurilmaning „ongini“ ifodalovchi mikroprotsessorga ega boʻlsa, ikkinchi yarmi boʻgʻinni aylantirishga moʻljallangan motor bilan jihozlangan. Ushbu kublar guruhini turli xil shakllarga birlashtirish mumkin.

Faqat molekublardan yasalgan robot qoʻshimcha kublar yordamida oʻzini taʼmirlash va oʻzi kabi bir xil miqdordagi kublardan foydalanib oʻzining nusxasini yaratish qobiliyatiga ega boʻladiCornell News Service: „Simple but seminal: Cornell researchers build a robot that can reproduce“ Archived. Uchta va toʻrtta moduldan iborat robotlarning jismonan oʻz-oʻzini koʻpaytirishi amalda namoyish etilganZykov, V., Mytilinaios, E., Adams, B. & Lipson, H. „Self-reproducing machines“. Nature 435, 163–164 (2005). https://doi.org/10.1038/435163aZykov, V., S. Mytilinaios, M. Desnoyer, H. Lipson, "Evolved and Designed Self-Reproducing Modular Robotics, " IEEE Transactions on Robotics, vol. 23, pp. 308-319, (2007). https://citeseerx.ist.psu.edu/viewdoc/download?doi=10.1.1.644.2151&rep=rep1&type=pdf . Keyinchalik, Microsoft Research va Festo kompaniyalari koʻmagida amalga oshirilgan ochiq manbali ishlanmalar natijasida molekublarning hajmi va vazni sezilarli darajada kamaytirildiFesto: A programmable robot system https://www.festo.com/rep/en_corp/assets/pdf/Molecubes_en.pdf. Shuningdek, molekublarning yangi turlariV. Zykov, A. Chan, and H. Lipson, „Molecbues: An open-source modular robotic kit“ in IROS-2007 Self-Reconfigurable Robotics Workshop, (2007). http://citeseerx.ist.psu.edu/viewdoc/download?doi=10.1.1.375.5814&rep=rep1&type=pdf, jumladan, ilmoqlar, qisqichlar, batareyalar, gʻildiraklar va kameralar kabi qoʻshimcha modullar ham ishlab chiqarildiZykov, Victor, W. Phelps, Nicolas Lassabe, and Hod Lipson. „Molecubes extended: Diversifying capabilities of open-source modular robotics“ In IROS-2008 Self-Reconfigurable Robotics Workshop, pp. 22-26. (2008). http://citeseerx.ist.psu.edu/viewdoc/download?doi=10.1.1.140.4555&rep=rep1&type=pdf.

Manbalar

Havolalar

Youtube video: Self-replicating blocks from Cornell University Youtube video: Festo - Molecubes Creative Machines Lab page: Machine self-replication GitHub repository: Molecubes - Blueprints, source code and circuit schematics molecubes.org website: Detailed build materials and instructions Archived

Turkum:Modulli dizayn