2026-yilgi qishki Olimpiada oʻyinlaridagi kyorling musobaqalarida jami 30 ta jamoa ishtirok etdi. Uchta yoʻnalishning har birida: erkaklar, ayollar va aralash juftliklar bahslarida 10 tadan jamoa qatnashdi. Erkaklar va ayollar musobaqalarida har bir jamoa 5 nafar sportchidan, aralash juftliklar jamoalari esa 2 nafardan sportchidan tarkib topdi. Bu esa barcha yoʻnalishlar boʻyicha jami 120 nafargacha sportchi ishtirok etishini anglatadi.

Qisqacha maʼlumot Yakuniy qisqacha maʼlumot 2026-yilgi qishki Olimpiada oʻyinlari mezbon mamlakati sifatida Italiya kyorlingning barcha uchala yoʻnalishida ham oʻz jamoalari bilan ishtirok etdi. Bu Italiyaning ayollar musobaqasida ikkinchi marotaba qatnashishi boʻlib, ularning avvalgi ishtiroki Italiya oxirgi marta 2006-yilgi qishki Olimpiada oʻyinlariga mezbonlik qilgan paytga toʻgʻri keladi. Shuningdek, bu holat Estoniyaning Olimpiada kyorling musobaqalaridagi debyuti boʻladi.

Mamlakatlar Erkaklar Ayollar Aralash juftliklar Sportchilar 12 10 7 5 2 5 12 12 5 7 7 12 12 12 Jami: 14 NOK 10 10 10 120

Erkaklar Saralash usuliSana Joylashuv Kvotalar SaralanganlarMezbon mamlakatcolspan=2 1 2024 va 2025 yilgi jahon chempionatlarida toʻplangan saralash ochkolari 2024-yil 30-mart – 7-aprel Shaffhauzen, Shveysariya7 2025-yil 29-mart – 6-aprel Mus Jau, KanadaOlimpiya saralash musobaqasi2025-yil 6–13-dekabr Kelouna, Kanada 2 Jami 10

Ayollar Saralash usuliSana Joylashuv Kvotalar SaralanganlarMezbon mamlakatcolspan=2 1 2024 va 2025-yilgi jahon chempionatlarida toʻplangan saralash ochkolari 2024-yil 16–24-mart Sidney, Kanada7 2025-yil 15–23-mart Uidjongbu, Janubiy KoreyaOlimpiya saralash musobaqasi2025-yil 6–13-dekabr Kelouna, Kanada 2 Jami 10

Aralash juftliklar Saralash usuliSana Joylashuv Kvotalar SaralanganlarMezbon mamlakatcolspan=2 1 2024 va 2025-yilgi jahon chempionatlarida toʻplangan saralash ochkolari 2024-yil 20–27-aprel Yostersund, Shvetsiya7 2025-yil 26-aprel – 3-may Fredericton, KanadaOlimpiya saralash musobaqasi2025-yil 13–18-dekabr Kelouna, Kanada 2 Jami 10

Saralash jadvali Manba:.

Musobaqa Sana Arena2024-yilgi ayollar oʻrtasida kyorling boʻyicha jahon chempionati. 2024-yil 16–24-mart Sidney, Kanada2024-yilgi erkaklar oʻrtasida kyorling boʻyicha jahon chempionati. 2024-yil 30-mart – 7-aprel Shaffhauzen, Shveysariya2024-yilgi aralash juftliklar oʻrtasida kyorling boʻyicha jahon chempionati. 2024-yil 20–27-aprel Yostersund, Shvetsiya2025-yilgi ayollar oʻrtasida kyorling boʻyicha jahon chempionati. 2025-yil 15–23-mart Uidjongbu, Janubiy Koreya2025-yilgi erkaklar oʻrtasida kyorling boʻyicha jahon chempionati. 2025-yil 29-mart – 6-aprel Mus Jau, Kanada2025-yilgi aralash juftliklar oʻrtasida kyorling boʻyicha jahon chempionati. 2025-yil 26-aprel – 3-may Frederikton, Kanada2025-yilgi Olimpiada oldi saralash musobaqasi. 2025-yil 7–11-oktabr Aberdin, Buyuk Britaniya2025-yilgi Olimpiya saralash musobaqasi. 2025-yil 6–19-dekabr Kelouna, Kanada

Saralash tizimi Qishki Olimpiada oʻyinlaridagi kyorling musobaqalariga saralash ikki usul orqali aniqlanadi. Mamlakatlar 2024 va 2025-yillardagi kyorling boʻyicha jahon chempionatlaridagi natijalari orqali saralash ochkolarini qoʻlga kiritib, jamoalarni yoʻllanma bilan taʼminlaydi. Shuningdek, 2025-yil dekabr oyida oʻtkaziladigan alohida Olimpiya saralash musobaqasi orqali ham jamoalar yoʻllanma olishi mumkin. Yetti mamlakat jamoalari jahon chempionati ochkolari orqali, yana ikki mamlakat esa 2025-yil dekabrda oʻtkaziladigan saralash musobaqasi orqali yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Mezbon mamlakat sifatida Italiya avtomatik tarzda barcha yoʻnalishlarda jamoalarni saralab olgan, natijada har bir yoʻnalish boʻyicha 10 tadan jamoa ishtirok etdi.

Agar saralash ochkolari boʻyicha durang holat yuzaga kelsa, quyidagi mezonlar qoʻllanadi: birinchi navbatda, jahon chempionatida eng yaqin vaqtda ishtirok etgan mamlakatga afzallik beriladi; ikkinchidan, zarurat tugʻilganda, 2025-yilgi jahon chempionatida yaxshi natija koʻrsatgan mamlakat ustun qoʻyiladi, agar bu ham teng boʻlsa, 2024-yilgi jahon chempionatida yaxshi ishtirok etgan mamlakatga ustuvorlik beriladi va nihoyat, agar dastlabki ikki mezon ham yetarli boʻlmasa, Jahon kyorling federatsiyasi tomonidan belgilangan joy va vaqtda teng ochko toʻplagan jamoalar oʻrtasida pley-off oʻtkaziladi.

Saralash ochkolari

Saralash ochkolari erkaklar va ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatlarida mamlakatlarning yakuniy oʻrinlariga qarab beriladi. Ochkolar quyidagicha taqsimlanadi: Yakuniy oʻrin 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 Ochko 15 13 11 10 9 8 7 6 5 4 3 2 1

Saralash ochkolari aralash juftliklar oʻrtasidagi jahon chempionatlarida mamlakatlarning yakuniy oʻrinlariga qarab beriladi. Ochkolar quyidagicha taqsimlanadi: Yakuniy oʻrin 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 Ochko 27 23 20 18 16 15 14 13 12 11 10 9 8 7 6 5 4 3 2 1

Eslatma: Shotlandiya, Angliya va Uels xalqaro kyorling musobaqalarida alohida jamoalar sifatida qatnashadi. Ushbu uchta mamlakat kyorling federatsiyalari oʻrtasidagi kelishuvga koʻra, faqat Shotlandiya Buyuk Britaniya nomidan Olimpiya saralash ochkolarini qoʻlga kiritishi mumkin.

Saralash musobaqalari

Erkaklar va ayollar yoʻnalishlarida Olimpiya saralash musobaqasiga yoʻllanma olish uchun, mamlakat 2024 va 2025-yillardagi kyorling boʻyicha jahon chempionatlarining umumiy natijalariga koʻra 9–13-oʻrinlar (yoki agar Italiya tegishli yoʻnalishda kuchli sakkizlikka kira olmasa, 8–12-oʻrinlar) oraligʻida boʻlishi kerak. Yoki muqobil ravishda, ular Olimpiada oldi saralash musobaqasida kuchli uchlikdan joy olib ham yoʻllanmani qoʻlga kiritishi mumkin. Olimpiada oldi saralash musobaqasida ishtirok etish huquqiga ega boʻlish uchun mamlakat allaqachon Olimpiada yoki Olimpiya saralash musobaqasiga yoʻllanma olmagan boʻlishi kerak. Shuningdek, u 2024 yoki 2025-yilgi erkaklar yoki ayollar jahon chempionatiga yoʻllanma olgan yoki 2024 yoki 2025-yillardagi Yevropa kyorling chempionati yoki Pan-Continental kyorling chempionatlarining A divizionida qatnashgan boʻlishi lozim.

Aralash juftliklar musobaqasida mamlakat 2024-yilgi aralash juftliklar oʻrtasidagi kyorling boʻyicha jahon chempionati yoki 2025-yilgi aralash juftliklar oʻrtasidagi kyorling boʻyicha jahon chempionatida ishtirok etish orqali Olimpiya saralash musobaqasiga yoʻllanma olishi mumkin. Ushbu yoʻnalish uchun Olimpiada oʻyinlari oldi saralash musobaqasi oʻtkazilmaydi. Biroq agar Olimpiya saralash musobaqasida ishtirok etuvchi jamoalar soni 16 tadan kam boʻlsa, 2025-yil 1-may holatiga koʻra Jahon kyorling federatsiyasining aralash juftliklar boʻyicha reytingi asosida qolgan yoʻllanmalar toʻldiriladi va ishtirokchi jamoalar soni kamida 16 taga yetkaziladi.

Saralash natijalari KalitMezbon sifatida Olimpiada oʻyinlariga yoʻllanma olgan mamlakat2024 va 2025-yilgi jahon chempionatlarida yigʻilgan saralash ochkolari orqali Olimpiada oʻyinlariga yoʻllanma olgan mamlakatOlimpiya saralash musobaqasi orqali Olimpiada oʻyinlariga yoʻllanma olgan mamlakatOlimpiya saralash musobaqasiga yoʻllanma olgan mamlakat2026-yilgi qishki Olimpiada oʻyinlariga yoʻllanma olgan mamlakat

Erkaklar

Mamlakat20242025Jami ochkoOlimpiada oldi SMOSM2026 QOʻOʻrinOchkoOʻrinOchko41011525→21331124→1155924→7721320→598615→31110415→1046812→957712→6811311→1X41010→2113958→3X1221313→4X86X6→5XXX016X131X137XXX028XXX04XXX12225XXXX06XXXX07XX

Ayollar

Mamlakat20242025Jami ochkoOlimpiada oldi SMOSM2026 QOʻ.OʻrinOchkoOʻrinOchko11511530→21321326→31141021→595918→687715→866814→41010414→X31111→113958→1771229→2958611→3XXX024X1041137→5X122X2→6XXX037XXX018XXX04XXXX05XXX13116XXXX07XX131X1XX

Aralash juftliklar

Mamlakat20242025Jami ochkoOSM2026 QOOʻrinOchkoOʻrinOchko22341841→12771441→81312740→61522338→32081333→51661531→418111028→101151627→16516510→171412923→215632026→3X12917413→4X91213820→5X13819210→6X14715613→7X1741837→8X111014717→9X19291214→10XXX01611XXX02612XX101111→13X183X3→14X2012012→15XXX024X

Eslatma: Shotlandiya, Angliya va Uels kyorling boʻyicha xalqaro musobaqalarda alohida jamoalar sifatida qatnashadi. Ushbu uch mamlakat kyorling federatsiyalari oʻrtasidagi kelishuvga koʻra, faqat Shotlandiya Buyuk Britaniya nomidan Olimpiya saralash ochkolarini qoʻlga kiritishi mumkin.

Milliy saralash musobaqalari Baʼzi mamlakatlar oʻz jamoalarini maxsus saralash turnirlari orqali tanlab oldilar.

2025-yilgi Kanada Olimpiya kyorling saralash musobaqasi 2025-yilgi Kanada aralash juftliklar kyorling boʻyicha Olimpiya saralash musobaqasi 2025-yilgi Chexiya Olimpiya aralash juftliklar kyorling saralash musobaqasi 2025-yilgi Yaponiya Olimpiya kyorling saralash musobaqasi 2025-yilgi Yaponiya Olimpiya aralash juftliklar kyorling saralash musobaqasi 2025-yilgi Koreya kyorling chempionati 2025-yilgi Koreya aralash juftliklar kyorling chempionati 2025-yilgi AQSh Olimpiya kyorling saralash musobaqasi 2025-yilgi AQSh aralash juftliklar kyorling boʻyicha Olimpiya saralash musobaqasi

Manbalar

Turkum:2026-yilgi Qishki Olimpiada o‘yinlariga saralash Turkum:Saralash Turkum:Kyorling 2026-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida