Efiopiya 12–28-fevral kunlari Kanadaning Vankuver shahrida oʻtkazilgan 2010-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etdi. Bu mamlakatning Qishki Olimpiada oʻyinlaridagi ikkinchi ishtiroki boʻldi. Toʻrt yil avvalgidek, musobaqaga yagona sportchi – changʻi poygachisi Robel Teklemariam yuborildi. Teklemariam 15 kilometr masofaga erkin usul bahslarida 93-oʻrinni egalladi. Vankuver–2010 Efiopiya Olimpiada terma jamoasining Kanadadagi ilk bor qatnashgan musobaqasi boʻldi. 1976-yilda Monreal shahrida oʻtkazilgan Yozgi Olimpiada oʻyinlaridan soʻng, Efiopiya va yana bir qator davlatlar Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasining Yangi Zelandiyani musobaqadan chetlashtirishdan bosh tortganiga norozilik bildirib, o‘yinlarni boykot qilgan edi.
Tarixi Efiopiya Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ilk bor 1956-yilda Avstraliyaning Melburn shahrida oʻtkazilgan musobaqada ishtirok etgan. Mamlakat shundan buyon barcha yozgi Olimpiada oʻyinlarida qatnashib kelmoqda. 1976, 1984 va 1988-yillar bundan mustasno. Efiopiya Qishki Olimpiada oʻyinlarida debyutini toʻrt yil avval, 2006-yilda Italiyaning Turin shahrida oʻtkazilgan musobaqada amalga oshirgan. Turin oʻyinlarida boʻlgani kabi, Vankuverdagi musobaqaga ham Efiopiya yagona sportchi – changʻi poygachisi Robel Teklemariamni yuborgan. Teklemariam Turin oʻyinlarida 84-oʻrinni egallagan. U Efiopiyada tugʻilgan, biroq AQShning Nyu-York shtati, Leyk-Plasid shahrida yashagan davrida changʻi sporti bilan shugʻullana boshlagan. Keyinchalik Efiopiyaga qaytib, Efiopiya Changʻi assotsiatsiyasini tashkil etishda ishtirok etgan. Teklemariam ochilish va yopilish marosimlarida mamlakat bayroqdori etib tanlangan.
Manbalar
Turkum:2010-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida mamlakatlar