Shoh Sulton Qamariddin Rumiy (, ) – 11-asrda yashagan soʻfiy musulmon siymo boʻlib, ilmiy anʼanalarga koʻra, Bengaliyaga kelib joylashgan ilk soʻfiy hisoblanadi. Uning nomi islomning Netrokonaga kirib borishi bilan bogʻlanadi. Bu esa Yaqin Sharq, Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyo oʻrtasidagi uzoq tarixiy sayohatlar silsilasining bir qismidir.
Hayoti
Qadimiy hujjatlar Rumiy milodiy 1053-yilda (hijriy 445-yil) ustozi Sayid Shoh Surxul Antia va oʻn nafar shogirdi bilan Bengaliyaga kelganini koʻrsatadi. Bu musulmon sarkardasi Baxtiyor Xaljiy kelishidan bir asr, hamda Shoh Jalolning 1303-yildagi Silhetni zabt etishidan 250 yil avval sodir boʻlgan. Demak, Rumiy Bengaliyaga fathlardan ham oldin kelgan.
Rumiy va uning hamrohlari hozirgi Netrokonaga joylashgan, u paytda bu hududda musulmon aholi boʻlmagan va Ganesh ismli Koch qiroli hukmronlik qilgan. Islom xabari mahalliy aholiga yetib borgan va ularning koʻpchiligi islomni qabul qilgan. Din qabul qilish haqidagi xabar podshohga yetgach, Rumiy saroyga chaqirtiriladi. Rivoyat qilinishicha, Rumiy Alloh unga ruhiy qudrat berganini aytadi va shundan soʻng sinovga duchor qilinadi. Unga zahar taklif etiladi va eʼtiqodga koʻra, zaharni ichganidan keyin ham omon qoladi. Voqea joyida hozir boʻlganlarning barchasi islomni qabul qiladi, podshoh esa unga Madanpur qishlogʻini hamda qoʻshni ayrim qishloqlarni inʼom etib, ularni ijarasiz hududga aylantiradi.
Vafoti va merosi Shoh Sulton Rumiy milodiy 1075-yilda (hijriy 475-yil) vafot etgani taxmin qilinadi. Madanpur qishlogʻida ziyoratgoh bunyod etilgan boʻlib, u hozirgacha ziyorat qilinadi. Ziyoratgoh majmuasiga tutash holda masjid ham qurilgan.
Bengaliyaning mustamlaka davrida Britaniya Sharqiy Hindiston kompaniyasi 1829-yilda ziyoratgoh mulkini egallab olishga uringan. Bunga ziyoratgoh qoʻriqchilari 1082-yilga oid qadimiy forscha hujjatni taqdim etib eʼtiroz bildirgan. Natijada hukumat bu rejadan voz kechib, mulkni hujjat egasi – Sayid Jaloliddinga topshirgan.
Rumiy nomi bilan ataladigan bir qancha obyektlar mavjud: Shoh Sulton Jome masjidi, Madanpur Shoh Sulton Degree kolleji Shoh Sulton oʻrta maktabi, Madanpur Shoh Sulton raqamli instituti Shoh Sulton diagnostika markazi
Yana qarang Shayx Jaloliddin Tabriziy
Manbalar
Turkum:1075-yilda vafot etganlar Turkum:Musulmon targ‘ibotchilar Turkum:Hindistondagi targ‘ibotchilar Turkum:11-asr musulmonlari Turkum:Bengal so‘fiy avliyolari