Gʻaznaviylarning Fors yurishlari (zamonaviy Eron) – Gʻaznaviylar sulolasining maʼmuriy markazi Gʻazna shahridan olib borilgan harbiy yurishlar va istilolar turkumidir. Mahmud Gʻaznaviy va Masʼud Gʻaznaviy davrida Gʻaznaviylar oʻz imperiyasini Fors hududlariga qadar kengaytirib, Makron, Ray, Hamadon, Isfahon, Tabariston, Jibal, Fors, Kurdistonning Seyistanga tutash yerlari, Xuroson hamda Shimoliy Forsning ayrim qismlarini nishonga oldilar. Ushbu istilolarning aksariyati 1026—1033-yillar oraligʻida sodir boʻlgan, faqat Tabariston 1012-yilda boʻysundirilgan. Bu yurishlar hududiy kengayish va sunniylikni yoyish maqsadlaridan kelib chiqqan boʻlib, koʻpincha Buvayhiylar, Kakuyiylar, Ziyoriylar va Saloriylar kabi mahalliy fors sulolalari hisobiga amalga oshirilgan. Ayrim hududlar esa diplomatiya yoʻli bilan qoʻlga kiritilgan. Tarixiy sharoit
Mahmud Gʻaznaviy () sunniylikning dushmanlari deb hisoblangan kuchlarga qarshi urushlar olib bordi. Bagʻdoddagi Abbosiylar xalifaligi ustidan nazorat oʻrnatgan Iroq va Forsdagi shia buvayhiylarni, shuningdek Abbosiylarga raqib xalifalikni daʼvo qilgan Misrdagi shia Fotimiylarni nishonga oldi. Mahmud va uning oʻgʻli Masʼud Buvayhiylar hamda Fotimiylarni agʻdarishni maqsad qilgan edi.
997-yilda Faxr ud-Davla vafotidan soʻng, toʻqqiz yoshli Majd ud-Davla buvayhiylar taxtiga oʻtirdi. Uning onasi Sayyida imperiya regenti boʻldi. 1028-yilda onasining vafotidan keyin Majd amalda (de facto) hukmdorlikni oʻz qoʻliga oldi. Biroq, uning qobiliyatsizligi va boshqaruvdagi zaifligi buvayhiylar hukmronligining tanazzuliga olib keldi. Zamondosh tarixchi Bayhaqiy maʼlumotiga koʻra, Gʻaznaviylar vaziri Ahmad Maymandiy sulton Mahmuddan buvayhiylarga nisbatan aralashmaslik siyosati yuritishni soʻragan. Mahmud bunga javoban agar Rayni erkak boshqarganida, buvayhiylar tahdidiga qarshi turish uchun Nishopurda doimiy qoʻshin saqlashga toʻgʻri kelishini aytgan. Ammo hokimiyat tepasida ayol boʻlgani sababli, u Xuroson uchun jiddiy xavf koʻrmagan. Ziyoriylar bilan ziddiyatlar thumb|Eron intermezzosi davrida Tabariston mintaqasi Ziyoriylar amiri Qobus Jurjon va Tabaristonni boshqargan. Qobus 978-yilda akasining oʻrniga hokimiyatni egalladi. Biroq, 981-yilda buvayhiylar amiri Muʼayyad ud-Davladan magʻlub boʻlib, amir Nuh II boshchiligidagi Somoniylar saroyiga qochdi. Amir Nuhning urinishlariga qaramay, Qobus hukmronligini tiklay olmadi. 997-yilda Sabuktegin Qobusga oʻz saltanatini qaytarib olishda yordam berishga vaʼda berdi. Biroq, tez orada vafot etdi. Uning vorisi sulton Mahmud yordam taklif qildi, ammo yurish xarajatlarini tezda qoplash shartini qoʻydi. Qobus esa taxt uchun akasi bilan urush olib borayotganligi sababli bunga rozi boʻlmadi. Faxr ud-Davla vafotidan soʻng, Qobus 998-yilda Jurjonni qayta egalladi hamda hokimiyatini Tabariston va Jibalga qadar kengaytirdi. 1011—1012-yillarda uning qoʻshini shafqatsizligi sababli Qobusni agʻdarib, oʻrniga oʻgʻli Manuchihrni oʻtqazdi. Mahmud Qobusning boshqa oʻgʻli Darani taxtga daʼvogarlik qilishda qoʻllab-quvvatladi. Biroq, Manuchihr Mahmudni oliy hukmdor sifatida tan olib, har yili dinor toʻlash sharti bilan oʻz mavqeini mustahkamladi. Boʻysunishni qabul qilganidan soʻng, Mahmud qizlaridan birini Manuchihrga turmushga berdi. Manuchihr esa Mahmud tasarrufida qolib, uning yurishlarida yordam berdi hamda 1029-yilda Jurjonda uni qabul qildi; ; .
Mahmud Rayni buvayhiylardan tortib olgach, Manuchihr hujumdan qoʻrqib, dushmanona munosabat tutdi va Gʻaznaga olib boruvchi yoʻllarni toʻsdi. Bundan gʻazablangan Mahmud Jurjonga yurish qildi. Natijada Manuchihr taslim boʻlib, dinor jarima toʻlashga majbur boʻldi. Mahmud uni afv etdi va Gʻaznaga qaytdi. Manuchihr 1029-yilda, Mahmuddan bir yil avval vafot etdi. 1030-yilda Manuchihrning vafotidan soʻng, uning oʻgʻli Anushirvon Gʻazna tomonidan tan olinishi evaziga yana dinor toʻlashga majbur boʻldi. Makron bilan ziddiyatlar Hozirgi Eron va Pokiston hududlarida joylashgan tarixiy Makron mintaqasi Ummon qoʻltigʻidan Sindgacha choʻzilgan dengizboʻyi hududini hamda Kirmon va Balujistonning bir qismini oʻz ichiga olgan. 970-yilda Makron Maʼdaniylar sulolasi qoʻl ostida boʻlib, Kirmondagi buvayhiylar sulolasiga vassal davlat edi. Buvayhiylar hukmronligi zaiflashgach, Bayhaqiy maʼlumotiga koʻra, hukmdor Maʼdan ittifoqini avval Sabuktegin, soʻngra Mahmud tomon oʻzgartirdi. 1025—1026-yillarda sulton Mahmud Somnas yurishida boʻlgan paytda Maʼdan vafot etib, uning oʻgʻillari Iso hamda Abulmuaskar vorislik uchun kurash boshladilar. Zodagonlar va harbiylar Isoni qoʻllab-quvvatladilar. Abulmuaskar magʻlubiyatga uchrab, Seyistonga qochdi. 1026-yilda Gʻaznada sulton Mahmuddan yordam soʻradi. Mahmudning akasini qoʻllab-quvvatlashidan xavotirga tushgan Iso Mahmudni oliy hukmdor sifatida tan oldi, Makron ustidan hokimiyatini saqlab qolish evaziga Abulmuaskarni qoʻllab-quvvatlashga rozi boʻldi. Biroq, 1029-yilda Mahmud Saljuqiylar bilan Xurosonda urush olib borayotgan paytda Iso xiroj toʻlashni toʻxtatib, mustaqilligini eʼlon qildi.
Mahmud Abulmuaskarni taxtga oʻtqazishga qaror qilib, otliq va piyoda askardan iborat qoʻshin yubordi. Qoʻshin tarkibi Iroq turkmanlarining yordamchi kuchlari bilan toʻldirilgan edi. Biroq, Mahmud 1030-yilda vafot etdi. Taxtga oʻtirganidan koʻp oʻtmay, Masʼud 1031-yilda Abulmuaskar hamrohligida Yoriq-Toʻgʻmash qoʻmondonligidagi katta qoʻshin bilan Makronga yurish qildi. Yoriq-Toʻgʻmash sara muqaddamlar va nafar tamgʻalangan otliq askarga boshchilik qildi. Imperiya qoʻshinlari yaqinlashayotgani haqidagi xabarni eshitgan Iso piyoda va otliqdan iborat katta qoʻshin toʻpladi. Shuningdek, qoʻshini oldiga oʻn bosh filni joylashtirdi. Jang vaqtida Gʻaznaviylar safida tartibsizlik yuzaga kelgan paytda Toʻgʻmash askarlarni hujumga undadi. Natijada, Gʻaznaviylar gʻalaba qozondilar va Iso jang maydonida halok boʻldi. Abulmuaskar Makron hukmdori deb eʼlon qilindi, Toʻgʻmash esa Gʻaznaga qaytdi. Shu tariqa Masʼud Isoni chetlatib, Abulmuaskarni hokimiyatga olib keldi. Fors yurishlari Mahmudning buvayhiylar sulolasi bilan ziddiyatlari Rayning bosib olinishi 1029-yilda daylamiy qoʻshinlari Rayda talon-taroj uyushtirib, qobiliyatsiz hukmdor Majd ud-Davlani tahdid ostiga qoʻydi. Majd sulton Mahmuddan yordam soʻradi. Vaziyatdan foydalangan Mahmud Hojib Ali boshchiligida nafar otliq askarni Majd ud-Davlani qoʻlga olish uchun yubordi. Oʻzi esa Jurjonga yurish qilib, saljuqiylarning aralashuvini toʻsishga harakat qildi. 1029-yil may oyida Majd ud-Davla Alini kutib oldi, biroq tez orada nazorat ostiga olindi. Soʻng Ali Rayni egalladi. Mahmud 1029-yil 26-may kuni shaharga qarshiliksiz kirib keldi va ulkan boylikni qoʻlga kiritdi. Jumladan, dinor qiymatidagi javohirlar, dinor tanga pul, dinordan ortiq oltin va kumush idishlar. Majd ud-Davla va uning oʻgʻli Abu Dulaf Hindistonga qamoqqa yuborildi. Shu tariqa Ray va Jibal muvaffaqiyatli tarzda Gʻaznaviylar tasarrufiga qoʻshib olindi; . Keyinchalik Gʻaznaviylar qoʻshini boshqa mahalliy hukmdorlarga qarshi kurashib, Daylam, Kurdiston va Fors hududlarini ham egallab oldi. Saloriylar sulolasi bilan ziddiyatlar thumb|Eron intermezzosi davrida Ozarbayjon (Shirvon nomi bilan tanilgan) va uning atrofidagi hududlar xaritasi
Buvayhiylar hududlari egallangach, qoʻshni davlatlar sadoqat bildirdilar. Biroq, Zanjon, Abhar, Sarjahon va Shahrizor hukmdori boʻlgan daylamiy Ibrohim ibn Marzuban (Salar nomi bilan tanilgan) bundan mustasno edi. Dushmanona munosabati sababli sulton Mahmud unga qarshi katta qoʻshin yubordi. Qoʻshin Saloriylarga eski raqib boʻlgan va Gʻaznaviylar huzuridan boshpana topgan Marzuban ibn Hasan qoʻmondonligi ostida edi. Marzuban ayrim daylamiy boshliqlar bilan ittifoq tuzib, Salor ustiga yurdi va Qazvinni egalladi. Mahmud Gʻaznaga qaytgach, Salor Marzuban ustidan gʻalaba qozonib, Qazvinni yana qaytarib oldi.
Mahmud yangi zabt etilgan hududlar boshqaruvini Masʼudga topshirdi va unga buvayhiylarning qolgan yerlarini ham boʻysundirish vazifasini yukladi. Masʼud Marzuban hamrohligida Salorni mustahkam Sarjahon qal’asida qamal qildi. Masʼud Saloriy amaldorlarni pora bilan qal’aning zaif nuqtalarini oshkor etishga koʻndirdi. Chorasiz qolgan Salor 1029-yil 13-sentyabr kuni qamalchilarga qarshi jangga kirishdi. Biroq, magʻlubiyatga uchrab, asir olindi. Uning oʻgʻli keyinchalik taslim boʻlib, Gʻaznaviylar hukmronligini tan oldi va xiroj toʻlashga rozi boʻldi. Masʼud soʻngra Hamadon va Isfahonni boʻysundirishga kirishdi. Ravvodiylar boshqaruvidagi qoʻshni Ozarbayjon ham Gʻaznaga xiroj toʻlashga majbur etildi. Masʼudning buvayhiylar bilan urushi Hamadon va Isfahon yurishi Masʼud Rayga qaytgach, buvayhiylar hududlarini egallashni davom ettirib, Kakuyiylar boshqaruvidagi Hamadon va Isfahonni nishonga oldi. Avval Hamadanni egalladi, soʻng Alauddavla Kakuyiy (Hamadon va Isfahon hokimi, shuningdek Ibn Kakuviy nomi bilan tanilgan) qoʻl ostidagi Isfahonga yurish qilib, 1030-yil yanvarida uni zabt etdi. Bagʻdoddagi xalifa vositachiligi hamda Alauddavlaning qarindoshi Jalol ud-Davla taʼsiri ostida Masʼud Alauddavlaga yillik 20 ming dinor xiroj toʻlash sharti bilan Isfahon noibi va xiroj toʻlovchi hukmdori boʻlib qolishiga ruxsat berdi.
1030-yil 26-may kuni Masʼud otasi sulton Mahmudning vafoti haqidagi xabarni oldi. Shundan soʻng Rayga qaytib, Hasani Sulaymoniyni hokim etib tayinladi va ukasi bilan kutilayotgan vorislik mojarosi sharoitida taxtni mustahkamlash maqsadida Nishopurga yoʻl oldi. Kirmon yurishi (1031—1034) Makrondagi muvaffaqiyat Masʼudni buvayhiylarning Kirmon viloyatiga bosqin uyushtirishga undadi. Masʼud xalifa al-Qoimga elchi yuborib, buvayhiylarga qarshi yurish qilish niyatini bildirdi. Uning rejasiga koʻra, avval Makrondan chiqib Ummonni egallash, soʻng gʻarbga yurib Abbosiylarni buvayhiylar nazoratidan ozod etish hamda keyinchalik Vizantiyaliklar va Fotimiylarga hujum qilish koʻzda tutilgan edi. 1031-yilda Masʼud boshchiligidagi Gʻaznaviylar qoʻshini Fors va Xuziston buvayhiylari tasarrufidagi Kirmonga bostirib kirdi. Biroq, magʻlubiyatga uchradi. 1033-yilda Masʼud Kirmon viloyatini egalladi, ammo oradan bir yil oʻtib, 1034-yilda Forsdan Imoduddin Abu Kalijarning vaziri Bahrom ibn Mafinna boshchiligida yuborilgan qoʻshin Gʻaznaviylar garnizonini siqib chiqarib, ularni Nishopurga chekinishga majbur qildi. 1034-yilda Kirmonga yuborilgan otliq, piyoda va besh fil buvayhiylarning kishilik yordamchi qoʻshini tomonidan tor-mor etildi. Oqibat