Sidi Belhasan masjidi (; ), shuningdek Sidi Bel Hasan masjidi yoki Sidi Abu al-Hasan masjidi nomlari bilan ham tanilgan, Jazoirning Tilimsan shahridagi sobiq masjid. Sobiq masjid maydonning janubi-gʻarbida, Tilimsan Buyuk masjidi yonida joylashgan.

Bino qayta moslashtirilib, Tilimsandagi Islom xattotligi milliy ommaviy muzeyi, yaʼni islom sanʼati muzeyiga aylantirilgan.

Tarixi

Masjid 1296-yilda Zayyoniylar hukmdori Abu Ibrohim ibn Yahyo tomonidan asos solingan, bu haqda namozxonaning gʻarbiy devordagi taxta yozuvida hamda mehrob tepasidagi ganchdan ishlangan ikki bezakda bitilgan. Masjid nomi mahalliy qozi va ulamo Abu al-Hasan nomidan kelib chiqqan deb hisoblaniladi. U Abu Said Usmon I hukmronligi davrida xizmat qilgan ().

Bugun Islom xattotchiligi milliy ommaviy muzeyi () sobiq masjidning namozxonasini, unga tutash xonani, sobiq hovlini va ikkinchi qavatdagi bir xonani egallaydi. Muzeyda Almoraviylar hamda zayyoniylar sanʼati ashyolari, Siga, Honayn va Agadir masjidi qazilmalarida topilgan yodgorliklar, shuningdek almohad va rim tangalari saqlanadi.

Meʼmorchiligi Sobiq masjid xuddi shu davrdagi boshqa masjidlarga qaraganda ancha kamtarona koʻrinishga ega. Sobiq masjidda sahn yoʻq va pol hamda qibla devori uchun oʻxshash koshinlardan foydalanilgan. Shift kedr daraxti yogʻochlaridan oʻzaro qovushtirib yasalgan boʻlib, Jazoirda bu turdagi birinchi namuna sanaladi va Andalusiyadagi mavr meʼmorchiligida qoʻllangan uslubdan uch-toʻrt asr avvalroq paydo boʻlgan.

Yana qarang

Jazoirda Islom Jazoirdagi masjidlar roʻyxati

Manbalar

Adabiyotlar

Havolalar

Turkum:Jazoirdagi masjidlar Turkum:Jazoirdagi sunniy masjidlar Turkum:13-asr masjidlari Turkum:Zayyoniylar sulolasi Turkum:Tilimsandagi masjidlar