Shoh Abdulazim ziyoratgohi (; ) – shialik ziyoratgohi va diniy majmua, Eronning Tehron ustoni Ray shahrida joylashgan. Majmuada ikkinchi shia imomi Hasan ibn Alining avlodi boʻlgan Abdulazim al-Hasaniyning qabri bor. Abdulazim al-Hasaniy milodiy IX asrda vafotidan soʻng shu yerda dafn etilgan.
Majmua ichida, ziyoratgohga tutash holda Tohir (toʻrtinchi shia imomi Sajjadning oʻgʻli) va Hamza (sakkizinchi shia imomining Rizoning ukasi) maqbaralari joylashgan.
Majmua 1942-yilda Eron milliy merosi roʻyxatiga kiritilgan boʻlib, u Eronning Madaniy meros, hunarmandchilik va turizm tashkiloti tomonidan boshqariladi. Majmua shialik mazhabining eng muqaddas maskanlardan biri hisoblanadi.
Tarixi va kelib chiqishi Ibn Qulavayh al-Qummiy (vaf. 978) ziyoratgohni shialar uchun eng qadimgi ziyorat yoʻriqnomalaridan biri boʻlgan „Komil az-Ziyorat“ asariga kiritgan. Bu esa Abdulazimning qabri X asrga kelib allaqachon muayyan ahamiyatga ega boʻlganini koʻrsatadiIbn Qūlawayh al-Qummī, Kāmil al-Ziyārāt (Beirut, 1418/1997), pp. 536–537. Abdulazimning qabriga ayrim davrlarda sunniylik mazhabidagi hukmdorlar ham homiylik qilgan. Buning yorqin misoli 1090-yillarda saljuqiy vazir Majd al-Mulk Asad ibn Muhammad ibn Muso buyrugʻi bilan Abdulazimning qabri ustiga qurdirilgan maqbaradirʿAbd al-Jalīl b. Abū al-Ḥasan al-Qazwīnī (fl. 1189), Kitāb al-Naqḍ (Tehran, 1371/1952), p. 220W. Barthold, An Historical Geography of Iran (Princeton, 1984), p. 127Sheila Blair, The Monumental Inscriptions from Early Islamic Iran and Tran-soxania (Leiden, 1992), p. 185Leisten, Architektur für Tote, pp. 240–241.. Bu eshikda suls xatida bitilgan yozuv bor.
Abdulazim taʼqibdan qochib Ray shahriga koʻchib kelgan va keyinchalik shu yerda vafot etgan. Uning choʻntagidan nasabini bayon qiluvchi qogʻoz topilgan boʻlib, unda quyidagicha keltirilgan: Abdulazim Abdulloh oʻgʻli Ali oʻgʻli Hasan oʻgʻli Zayd oʻgʻli Hasan ibn Ali oʻgʻli. Shoh Abdulazimni Ray shahriga Imom Rizo yuborgan.
Dafn etilgan mashhur kishilar Abdulazim al-Hasaniydan tashqari ziyoratgohga koʻplab mashhur shaxslar, jumladan, Qojarlar sulolasi aʼzolari hamda oʻrta asrlardan to zamonaviy davrgacha boʻlgan koʻplab taniqli siyosiy arboblar, olimlar va diniy ulamolar dafn etilgan.
Galereya
Yana qarang
Ali ibn Hamza qabri, Sheroz Erondagi imomzodalar roʻyxati Erondagi masjidlar roʻyxati
Izohlar
Manbalar
Adabiyotlar
Havolalar
Turkum:9-asr diniy binolar va inshootlar Turkum:Tehron viloyatidagi binolar va inshootlar Turkum:Abdulazim ziyoratgohi Turkum:Erondagi maqbaralar Turkum:Erondagi gumbazli masjidlar Turkum:Erondagi minorali masjidlar Turkum:Erondagi masjidlar