Mir Imod (tugʻilgan vaqtdagi ismi Imod al-Mulk Qazviniy Hasaniy (), 1554 – 1615-yil 15-avgust) eng mashhur fors xattotlaridan biri. U Eronning Qazvin shahrida tugʻilgan. Nastaʼliq uslubi Mir Imod asarlarida oʻzining eng yuksak nafislik darajasiga yetgan, deb hisoblanadi. Bu asarlar nastaʼliq xattotligining eng nozik namunalaridan sanaladi va dunyodagi bir necha muzeylarda saqlanadi.
Hayoti va taʼlimi Mir Imod Qazvinda tugʻilgan va ilk taʼlimni ham shu yerda olgan. Mir Imodning oilasi Safaviylar saroyida kutubxonachi va hisobchi lavozimlarida ishlagan. U xattotlikni avval Iso Rangkar, soʻng Malik Deylamiydan oʻrgangan. Keyinchalik Mir Imod Tabrizga koʻchib, Muhammad Hussayn Tabriziydan tahsil olgan. Shundan soʻng u Usmonli Turkiyasi, Bagʻdod, Halab va Hijozga sayohat qilgan. U Semnonga qaytib, Shoh Abbosning kutubxonasida kotib boʻlib ishlagan, keyinroq esa Isfahon poytaxtidagi saroyida xizmat qilgan.
Ali Rizo Abbosiy bilan raqobat Shoh Abbos saroyida Mir Imod yagona xattot emas edi. Yana bir mashhur xattot – Ali Rizo Abbosiy Tabriziy ham shoh homiyligida boʻlgan. Ali Rizo Abbosiy ham Muhammad Husayn Tabriziyning (Mir Imod ustozining) shogirdi edi va keyinchalik Mir Imodning raqibiga aylangan.
Vafoti Keyinchalik Mir Imod islomning bir yoʻnalishi boʻlgan sunniylikda ayblangan, Safaviylar davrida bu yoʻnalishga toqat qilinmas edi va Shoh Abbos tomonidan bilvosita oʻlimga hukm qilingan. Bir kecha u hammomga ketayotganda Masʼud Beyk Mesgar Qazviniy tomonidan oʻldirilgan va bir necha kun davomida hech kim uning jasadini dafn etishga jurʼat qilmagan. Nihoyat, uning shogirdi Abu Turab Xattot Isfahoniy uni Maqsudbey masjidiga dafn qilgan. Mir Imod uchun maqbara qurishga ruxsat berilmagan.
Asarlari va merosi Qalam bilan chiroyli yozish haqida risola boʻlgan „Adab al-Masq“ Mir Imodga nisbat beriladi. Mir Imodning qizi Goharshod ham mohir xattot boʻlgan. Uning eri Mir Muhammad Ali hamda oʻgʻillari Mir Rashid, Mir Abdurazzoq va Mir Yahyo ham shunday edi. Mir Imodning oʻgʻli Mirzo Ibrohim ham xattot sifatida tanilgan. Mirzo Ibrohimning oʻgʻli Muhammad Amin ham shunday.
Manbalar
Turkum:1554-yilda tugʻilganlar Turkum:1615-yilda vafot etganlar Turkum:14-asr xattotlari