Nermin Vlora Falaschi (1921-yil 19-aprelda tugʻilgan — 2004-yil 28-noyabrda vafot etgan) — albaniyalik ziyoli oiladan chiqqan shaxs, feminist va Ismoil Qemalining chevarasi. Otasining ismi Hajit bey Zarshati, onasining ismi esa Belkize Hanemi boʻlgan.
Nermin Vlora Kamzëdagi Kirias maktabida tahsil olgan. 1934-yilda esa Tiranadagi „Nana Mbretneshe“ institutida oʻqishni davom ettirgan. Oʻn yetti yoshida u italiyalik ofitser, keyinchalik elchi boʻlib faoliyat olib borgan Renzo Falascho ismli kishi bilan tanishgan va ular turmush qurishgan. Kommunistlar hokimiyatni egallaganidan keyin ular Italiyaga qochib ketishgan. Nermin Vlora yozish va tarjima qilishni boshlangʻich maktabdayoq boshlagan, u, shuningdek, fransuz va italyan tillaridan sheʼrlarni Tiranadagi radio uchun tarjima qilgan. Italiyada u huquqshunoslikni oʻrgangan va bir necha tillarda soʻzlasha olgan. Nermin yetuk tadqiqotchi sifatida u 35 dan ortiq sheʼriy toʻplamlar, romanlar va ilmiy tadqiqotlar muallifi hisoblanadi.
Alban madaniyati uchun uning „Lashtësia e gjuhës shqipe –sipas dokumenteve epigrafike nga Egjeu deri në Atlantik“ (Albaniya tilining qadimiyligi — Egey dengizidan Atlantikagacha boʻlgan epigrafik hujjatlar asosida) nomli tadqiqoti alohida ahamiyatga ega.
Hayoti Nermin yozuvchilik, arxeologiya, tarix va antropologiyani oʻrgangan hamda alban feministi sifatida tanilgan. Shuningdek, qadimgi bitiklarni tadqiq va talqin etgan. Nermin Vlora faoliyati davomida Xitoy, Angliya, Portugaliya, Uganda, Kolumbiya va AQShga sayohat qilgan. U Italiyaning Rim shahrida joylashgan Oʻrta yer dengizi akademiyasi va Dragan Yevropa fondida, Sienadagi Rotssi akademiyasida hamda Fermodagi litseyda maʼruzalar oʻqigan. Shuningdek, Nermin Kosovodagi Prishtina universitetida ham maʼruza qilgan. 1988-yil aprelida unga Angliyaning Coventry shahridagi Warwick universitetida epigrafik ishlari haqida nutq soʻzlash taklifi berilgam va Nermin ham bu taklifni qabul qilgan. 1989-yil oktyabrida u Lissabondagi Yangi universitetda pelasglar lahjasi haqida maʼruza oʻqigan.
Mukofotlari Nermin Vlora Falaschga Arizona shtatining Tuson shahridagi Xalqaro universitet tomonidan qiyosiy tilshunoslik boʻyicha faxriy daraja berilgan. Shuningdek, Bogotadagi Kolumbiya hukumati uning Tilshunoslik akademiyasida maʼruzalar oʻqiganini inobatga olib, Chibcha prekolumb sivilizatsiyasi boʻyicha tadqiqotlari va kashfiyotlari uchun San-Karlos ordeni bilan taqdirlagan.
Bundan tashqari, Nermin „Iliria“ madaniyat akademiyasiga asos solgan.
Nermin Vlora Falaschi 2004-yilda vafot etgan. Undan yirik hajmdagi qoʻlyozmalar va nashrlar meros boʻlib qolganAlbanian Catholic Bulletin, 1990 p. 138-139 Volume 11.
Manbalar
Turkum:1921-yilda tugʻilganlar Turkum:2004-yilda vafot etganlar Turkum:Albaniyalik feministlar Turkum:El Salvadordagi muhojirlar