Osmonsoy, Oqtom va Nurak — Forish tumani (Jizzax viloyati, Oʻzbekiston) hududida joylashgan mahalla fuqarolar yigʻinlari majmuasidir.
Osmonsoy Osmonsoy — 1993-yilda tashkil etilgan mahalla fuqarolar yigʻini boʻlib, hududiy maydoni 6454 gektarni tashkil etadi.
Tarixi Osmonsoy mahallasi Forish tumani sessiyasi qarori bilan tashkil etilgan. Ushbu hudud aholi yashash punkti sifatida qishloq maqomini olgan va „Osmonsoy“ nomi bilan yuritila boshlagan.
Geografik joylashuvi Quyidagi mahallalar bilan chegaradosh:
„Oʻzbekiston“ MFY „Oqtepa“ MFY „Sayyod“ MFY „Nurak“ MFY „Uchkuloch“ MFY
Iqtisodiy hayoti Osmonsoy hududida yirik savdo maskanlaridan biri — Farhod bozori faoliyat yuritadi. Ushbu bozor har hafta shanba kunlari oʻtkaziladi.
Bozor quyidagi yoʻnalishlarga ixtisoslashgan:
chorva (mol bozori) oziq-ovqat mahsulotlari poliz ekinlari (qovun, tarvuz va boshqalar) chorva uchun yem-xashak mahsulotlari
Mazkur bozor keng koʻlamli savdo hajmi va mahsulotlar xilma-xilligi bilan hududdagi muhim iqtisodiy markazlardan biri hisoblanadi.
Oqtom Oqtom — 2002-yilda tashkil etilgan mahalla fuqarolar yigʻini boʻlib, hududiy maydoni 2473 gektarni tashkil etadi.
Tarixi Oqtom qishlogʻi 1918-yillarda shakllangan. Qadimda hudud karvon yoʻli boʻyida joylashgan boʻlib, uzoqdan koʻrinib turadigan oq uy va quduq mavjud boʻlgan.
Karvonlar ushbu hududda toʻxtab, dam olishgan va suv ichishgan. Shu sababli hudud „Oqtom“ nomi bilan atalgan.
1930-yillarda qishloq rivojlanib, bir muddat „Bekat“ nomi bilan ham yuritilgan.
Geografik joylashuvi Quyidagi hududlar bilan chegaradosh:
Sh.Rashidov tumani „Yangi diyor“ mahallasi „Kulpisar ota“ mahallasi Zafarobod tumani hududidagi „Chimqoʻrgʻon“ mahallasi „Egizbuloq“ mahallasi.
Nurak Nurak — Forish tumani hududidagi mahalla fuqarolar yigʻini boʻlib, nomi „kichik nur“ maʼnosini anglatadi.
Geografik joylashuvi Quyidagi mahallalar bilan chegaradosh:
„Osmonsoy“ MFY „Egizbuloq“ MFY
Tabiiy sharoiti Hududdagi ekin maydonlari buloq suvlari orqali sugʻoriladi.
Aholi ichimlik suvi bilan tabiiy buloqlar va quduqlar orqali taʼminlangan.
Shuningdek qarang
Forish tumani Jizzax viloyati
Manbalar
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlari Jizzax viloyati rasmiy hududiy maʼlumotlari Forish tumani hokimligi materiallari.