Erika Aleksandrovna Andreeva (; 2004-yil 24-iyunda tugʻilgan) — rossiyalik tennischi. 2024-yil 21-oktyabr yakkalik bahslari boʻyicha jahon reytingida 65-oʻrinni egallab, sport faoliyatidagi eng yuqori koʻrsatkichni qayd etgan. Shuningdek, 2023-yil 11-dekabr kuni juftlik bahslarida reytingning 274-oʻrnini band qilgan va eng yaxshi natijasini koʻrsatgan. WTA Challenger tur doirasida juftlik bahslarida bir karra, ITF turida yakkalik yoʻnalishida uch karra va juftlik bahsida bir karra chempionlikni qoʻlga kiritgan.

Yoshlar musobaqalari Andreeva 2021-yilgi Fransiya Ochiq chempionatida qizlar oʻrtasidagi yakkalik bahslarida Linda Noskovaga qarshi final oʻyinida magʻlub boʻlgan va ikkinchi oʻrinni egallagan.

Sport faoliyati Birinchi ITF tur chempionligi 2020-yil noyabr oyida Andreeva Bolgariyaning Pazardjik shahrida boʻlib oʻtgan 15 ming dollarlik turnirda oʻzining ilk ITF turi chempionligini qoʻlga kiritdi. Oradan bir oy oʻtib, Misrning Qohira shahrida yana bir ITF chempionligiga ega chiqdi.

2021-yil mart oyida sportchi oʻzining uchinchi 15 ming dollarlik turnirida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

WTA turi va „Katta dubulgʻa“ debyuti 2022-yil may oyida Andreeva ITF turi ilk muhim yirik finali — 100 ming dollarlik La Bisbal-d’Emporda turnirida birinchi setni yutishga muvaffaq boʻldi, biroq oʻyin yakunida raqibiga magʻlub boʻldi.

Andreeva oʻzining WTA turidagi debyut ishtirokini Ladies Open Lozanna turnirida amalga oshirdi. Saralash bosqichidan oʻtganidan soʻng, sportchi birinchi davrada Anna Blinkovaga atigi uchta oʻyinni yutqazib, WTA turidagi ilk gʻalabasini qayd etdi.

Andreeva oʻzining „Katta dubulgʻa“ turnirlaridagi debyut ishtirokini 2022-yilgi AQSh Ochiq chempionatida amalga oshirdi. Sportchi musobaqada asosiy toʻr bahslariga chiqish uchun uchta saralash uchrashuvini yutishga muvaffaq boʻldi. Biroq asosiy toʻrning birinchi davrasida Petra Kvitovaga qarshi oʻyinni boy berdi.

WTA 1000 debyuti va ilk gʻalabasi Texas shtatining Ostin shahridagi ilk marta oʻtkazilgan ATX Open turnirida 135-oʻrinda turgan Andreeva asosiy toʻr bashlariga qoʻshildi va shu paytgacha mavsumdagi eng uzun uchrashuvda, 3 soat 32 daqiqa davom etgan bahsda Harriet Dartni magʻlub etdi. Soʻngra sportchi yana 3 soatdan ortiq davom etgan uchrashuvda Anna-Lena Friedsamga oʻyinni boy berdi.

Andreeva oʻzining WTA 1000 turniri doirasida Miami Ochiq chempionatining asosiy toʻr bahslariga yoʻllanma olgan. U birinchi davrada Ashlyn Kruegerni magʻlub etgan, soʻngra Magdalena Fręchga oʻyinni boy bergan.

Shaxsiy hayoti Erika Andreeva professional tennischi Mirra Andreevaning opasi hisoblanadi. Ularning ikkalasi ham Krasnoyarskdan, ammo boshqa murabbiy qoʻl ostida mashgʻulot olib borish uchun Moskvaga koʻchib oʻtishgan. Andreeva mahalliy bolalar musiqa maktabining klassik gitara boʻlimini tamomlagan.

Manbalar

Turkum:2004-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Rossiyalik ayol tennischilar Turkum:21-asr rossiyalik ayol sportchilar