Ahmad Ziyo Saraj (1978-yil 11-martda tugʻilgan) — 2019–2021-yillarda Afgʻoniston Milliy xavfsizlik boshqarmasining soʻnggi direktori boʻlgan. U Afg‘oniston Islom Respublikasi qulaguniga qadar ushbu lavozimda ishlagan.

U 2001-yilda Tolibon rejimi agʻdarilgandan keyin 20 yildan ortiq vaqt davomida MVB tizimida faoliyat yuritib, direktor oʻrinbosari, terrorizmga qarshi kurash boʻlimi boshligʻi, tashqi razvedka va kontrrazvedka rahbari kabi muhim lavozimlarda ishlagan. 2023-yildan boshlab London Qirollik kollejida tashrif buyuruvchi professor sifatida faoliyat yuritmoqda.

Dastlabki hayoti Ahmad Ziyo Saraj 1978-yil 11-martda Kobulda harbiy oilada tugʻilgan. Uning otasi Afgʻoniston armiyasida brigada generali boʻlgan. 2002-yil boshida u Afgʻoniston Milliy xavfsizlik boshqarmasiga ishga kirgan va davlat qulagunga qadar turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Taʼlim Saraj Amani litseyini tamomlagan. Keyinchalik Buyuk Britaniyadagi Chartered Management Instituteda strategik boshqaruv va yetakchilik yoʻnalishida magistr darajasini olgan.

2012-yilda Shrivenhamda ilgʻor qoʻmondonlik va shtab kursini tamomlagan. 2013-yilda esa London Qirollik kollejida mudofaa tadqiqotlari boʻyicha magistr darajasini olgan. 2023-yildan boshlab ushbu universitetda professor sifatida faoliyat yuritmoqda.

Faoliyati Ahmad Ziyo Saraj 2002-yilda Afgʻoniston Milliy xavfsizlik boshqarmasiga qoʻshilib, dastlab aloqa xodimi sifatida ish boshlagan. Keyinchalik MVB aloqa departamenti boshligʻi, kontrrazvedka va tashqi razvedka boʻyicha rahbar oʻrinbosari, terrorizmga qarshi kurash departamenti boshligʻi lavozimlarida ishlagan.

2019-yil 9-sentabrda u MVB direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi va Afgʻoniston parlamentiga nomzod sifatida taqdim etildi.

2020-yil 30-noyabrda parlament tomonidan 220 ovoz bilan tasdiqlanib, rasmiy ravishda direktor etib tayinlandi.

U 2021-yil 15-avgustgacha ushbu lavozimda ishladi.

Yutuqlari Saraj rahbarligi davrida Afg‘oniston Milliy xavfsizlik boshqarmasi terrorizmga qarshi kurashda muhim natijalarga erishdi. Koʻplab terrorchilik hujumlari tashkilotchilari qoʻlga olindi yoki yoʻq qilindi.

Ular orasida Kobuldagi Interkontinental mehmonxonasi hujumi, Germaniya elchixonasiga avtomobil portlashi va Kobul universitetidagi hujum tashkilotchilari ham bor.

Shuningdek, Islomiy davlat Xuroson viloyati (ISK) yetakchilari, jumladan Aslam Faruqi qoʻlga olingan.

Maqolalar, intervyular va tahlillar

Over-the-horizon counterterrorism does not work Afghanistan Is a Jihadi Utopia Again Former Afghan Intelligence Chief How al-Qaeda has found a foothold I warned the CIA about Afghanistanʼs collapse Saraj warns of extremism Nutq (YouTube)

Manbalar

Turkum:1978-yilda tugʻilganlar