Aziza Siddiqui (1983-yil, Afgʻoniston) — afgʻon faoli. Aziza Afgʻonistondagi Action Aid nodavlat tashkilotida ayollar huquqlari boʻyicha koordinator boʻlib ishlagan, bu yerda qishloqda yashovchi afgʻon ayollarining ahvolini oʻrgangan va ularga oʻz huquqlari haqida tushunchalar bergan, yana olib borgan faoliyati uchun boʻlgan tahdidlarga qaramay, shaxsiy qaror qabul qilish boʻyicha treninglar oʻtkazgan.

Tarjimayi holi Aziza 1983-yilda Afgʻonistonda tugʻilgan, sakkiz yoshida urush tufayli Pokistonga ketishga majbur boʻlgan, ammo 2003-yilda ayollar huquqlarini himoya qilish uchun mamlakatga qaytib kelgan. 2007-yilda „Jasorati uchun“ xalqaro ayollar mukofotiga sazovor boʻlgan, ammo bu mashhurligi sababli Afgʻonistonga eson-omon qaytib kela olmay AQShdan boshpana olishga majbur boʻlgan. 2008-yilda Aziza BIAS (Bi-lingual International Assistant Services) kompaniyasida ijtimoiy xodim boʻlib ishlay boshladi, bu kompaniyada keksa muhojirlar va nogironlar, boshpana olganlar, qochqinlarga yordam bergan. 2009-yilda Azizaga sanʼat va badiiy taʼlim orqali xilma-xillikni targʻib qiluvchi Gitana Productions tomonidan „Yilning noodatiy oddiy odami“ () mukofoti berilgan.

Manbalar

Turkum:1983-yilda tugʻilganlar Turkum:Afgʻoniston ayollari