Gulzor () — Oʻzbekiston Respublikasi Jizzax viloyati Mirzachoʻl tumaniga qarashli mahalla. Mirzacho‘l tumani hokimining 2012-yil 6-fevraldagi 51-k-sonli qarori bilan ushbu nom berilgan. “Gulzor” QFY tuman markazidan 35 km masofada joylashgan bo‘lib, Mirzacho‘l tumanidagi “Yangidala” va “O‘zbekiston” QFYlar bilan chegaradosh. Umumiy yer maydoni 33,6 gektarni, xonadonlar soni 243 tani, aholi soni 1557 nafarni tashkil qiladi. Gulzor - mazkur nom cho‘lni o‘zlashtirib gulzorga aylantirilganligi timsoli.

Manbalar

Turkum:Mirzachoʻl tumani aholi punktlari