Gülşat Sahyýewna Mämmedowa (; 1964-yil, Ashxobod, Turkmaniston SSR, SSSR) — turkmanistonlik davlat arbobi, Turkmaniston Milliy Kengashi Majlisining sobiq raisi. Hozirda Arqadagʻ shahri hokimi.
Tarjimayil holi Gülşat Mämmedowa 1964-yilda Axshxobodda tugʻilgan. 1988-yilda Maxtumquli nomidagi Turkmaniston davlat universitetini „turkman tili va adabiyoti oʻqituvchisi“ mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. Mazkur universitetda 1988—2015-yillarda tadqiqotchilik faoliyatini ham olib borgan.
Faoliyati Gülşat Mämmedowa 2005—2007-yillarda Ashxobod shahar taʼlim bosh boshqarmasi boshligʻi boʻlib ishlagan. 2007—2009-yilllarda Turkmaniston taʼlim vazirining oʻrta maktablar va maktabgacha taʼlim muassasalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari boʻlgan. 2009-yil iyul oyida Turkmaniston taʼlim vaziri etib tayinlangan va 2012-yil 18-fevralda prezidentlik saylovlaridan soʻng ushbu lavozimga qayta tasdiqlangan. 2012-yilda ekspertiza jarayoni bilan bogʻliq muammolar tufayli prezident Berdimuhamedovdan „xizmat vazifasiga sovuqqonlik qilgani uchun uchun“ hayfsan olgan. 2015-yil 4-aprelda Turkmaniston taʼlim vaziri lavozimidan ozod qilingan. 2015-yil 18-avgustdan 2016-yil 8-aprelgacha Turkmaniston Milliy Kengashi Majlisining Ijtimoiy siyosat qoʻmitasi raisi boʻlib faoliyat yuritgan. 2016-yil 9-aprelda Turkmaniston Ministrlar kabineti raisining madaniyat va ommaviy axborot vositalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan. Ushbu lavozimda Mämmedowa yosh qoʻshiqchilar va iqtidorli bolalar, shuningdek, sanʼat sohasida faoliyat yuritayotgan boshqa kishilar uchun prezident mukofoti tanlovini eʼlon qilgan. Shuningdek, boshqa mamlakatlarda oʻtkaziladigan „Turkmaniston madaniyati kunlari“ haqida ham xabarlar berib borgan. 2017-yil fevral oyida prezident Berdimuhamedov sobiq vazirni maqtab, Mämmedowaning ish tajribasi va bilimi boshqa muhim sohada qoʻllanilishini aytadi. 2017-yil iyun oyida Turkmaniston Milliy Kengashi (parlamenti) Majlisi raisining oʻrinbosari etib saylangan. 2018-yil 30-martda yashirin ovoz berish natijalari orqali Turkmaniston Milliy Kengashi Majlisi raisi etib saylangan. 2024-yil 6-mayda prezident farmoni bilan Şamuhammet Durdylyýew oʻrniga Arqadagʻ shahri hokimi etib tayinlanadi.
Mukofotlari Gülşat Mämmedowa „Gaýrat“ („Gʻayrat“) medali, „Watana bolan soʻygüsi üçin“ medali, „Turkmaniston mustaqilligining 20 yilligi“ yubiley medali, „Magtymguly Pyragy“ („Maxtumquli Firogʻiy“) medali (2014-yil 20-oktyabr), „Mustaqil, abadiy betaraf Turkmaniston“ medali, „Türkmenistanyň Garaşsyzlygynyň 25 jıllıgʻına“ yubiley medali, „Turkmaniston betarafligining 25 yilligi“ yubiley medali, „Türkmenistanyň Garaşsyzlygynyň 30 jıllıgʻına“ yubiley medali, Maxtumquli Firogʻiy tavalludining 300 yilligi munosabati bilan Turkmanistonning „Magtymguly Pyragynyň 300 ýyllygyna“ esdalik nishoni (2024-yil 10-dekabr) bilan tadqirlangan.
Manbalar
Turkum:1964-yilda tugʻilganlar Turkum:Turkmaniston davlat universiteti bitiruvchilari Turkum:Turkmaniston ayol siyosatchilari Turkum:Turkmaniston vazirlari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar