Julia Hoyt (1897-yil 15-sentabr — 1955-yil 31-oktyabr) — amerikalik aktrisa va tadbirkor.

Hayoti

Julia Wainwright Robbins 1897-yilda tugʻilgan. U Julian W. Robbins va Sarah Guthrie (qizlik familiyasi: Jewett) Robbins oilasida dunyoga kelgan. Aktrisaning bobosi Hugh J. Jewett Erie Railroad kompaniyasining prezidenti hamda AQSh Kongressi aʼzosi boʻlgan.

Faoliyati Julia Robbins dastlab xayriya tadbirlarida sahnaga chiqib, aktrisalik faoliyatini boshlagan. U 1921-yilda The Wonderful Thing, 1925-yilda The Man Who Found Himself va 1926-yilda Camille filmlarida turli xil rollarni ijro etgan.

U Broadway sahnasida ham faol boʻlib, The Squaw Man (1921), Rose Briar (1922), The Virgin of Bethulia (1925), The School for Scandal (1925), The Pearl of Great Price (1926), The Dark (1927), Mrs. Daneʼs Defense (1928), Within the Law (1928), Sherlock Holmes (1928), Serena Blandish (1929), The Rhapsody (1930), The Wiser they Are (1931) va Hay Fever (1931–32) kabi spektakllarda rol ijro etgan.

Uning moda biznesi — Julia Hoyt Modes — AQShdagi yirik doʻkonlar uchun liboslar va paltolar ishlab chiqargan. Shuningdek, u moda va odob-axloq mavzularida maqolalar ham yozgan.

1924-yilda u Yevropaga qilgan safari haqida Bridgeport Post gazetasida maqolalar turkumini chop ettirgan.

Shaxsiy hayoti

Julia Hoytning goʻzalligi yuqori baholangan va Paul Helleu, Neysa McMein (1921-yilda Womanʼs Home Companion hamda 1923-yil may oyida McCall’s jurnali muqovalari uchun), John Singer Sargent va Carl Van Vechten singari rasom va fotograflar tomonidan uning turli xil portretlari yaratilga.

U uch marta turmush qurgan. 1914-yilda advokat Lydig Hoyt bilan turmush qurgan, biroq 1924-yilda ajrashgan. Keyinchalik u aktyor Louis Calhern bilan 1927-yilda turmush qurib, 1932-yilda ajrashgan. 1935-yilda esa Aquila C. Giles bilan turmush qurgan.

1930-yillarning oxirida u sogʻligʻi bilan bogʻliq muammolarga duch kelgan. 1935-yilda dengiz safariga chiqqanida pnevmoniya bilan ogʻrigan. Keyinchalik ogʻir koʻkrak kasalligi sabab jarrohlik amaliyoti oʻtkazilgan.

Julia Hoyt 1955-yilda yurak xurujidan vafot etgan.

Manbalar

Tashqi havolalar

IBDB sahifasi

Turkum:1897-yilda tugʻilganlar Turkum:1955-yilda vafot etganlar Turkum:Amerikalik aktrisalar