Kostyumer () — spektakl davomida kostyumlar sifatini saqlash hamda tezkor kiyim almashtirish jarayonini tashkil etish bilan shugʻullanadigan teatrdagi texnik xodim. Ular rejissyor, prodyuser yoki liboslar boʻyicha mas’ul tomonidan ishga olinadi. Kostyumer liboslar boʻyicha mas’ul shaxsga hisobot beradi va odatda soatbay haq oladi.
Baʼzi kostyumerlar bir nechta spektakl davomida biror aktyor bilan yaqindan ishlashi va bu ular oʻrtasidagi iliq munosabat shakllanishiga olib kelishi mumkin. Sutton Foster va Daniel Radcliffe ham mukofotlarni qabul qilish nutqlarida yillar davomida ular bilan ishlagan kostyumerlarni alohida eʼtirof etganlar.
Manbalar
Turkum:Kasblar