Maksat Esenowiç Çaryýew (; 1978-yil 13-oktyabr, Mari viloyati, Turkmaniston SSR, SSSR) — turkman diplomati. Turkmanistonning favqulodda va muxtor elchisi (2022).

Tarjimayi holi Maksat Çaryýew 1978-yil 13-oktyabrda Mari viloyatida tugʻilgan. 2002-yilda Maxtumquli nomidagi Turkmaniston davlat universitetining xalqaro biznes va menejment fakultetini tamomlagan. 2002—2003-yillarda Maxtumquli nomidagi Turkmaniston davlat universitetining xalqaro iqtisodiyot fakulteti oʻqituvchisi, 2003—2005-yillarda Turkmanistonning Germaniyadagi elchixonasining birinchi kotibi, 2005—2013-yillarda Turkmanistonning Fransiyadagi elchixonasining birinchi kotibi, 2013—2019-yillarda Turkmaniston Taʼlim vazirligining Iqtisodiy tahlil va moliyalashtirish boʻlimi katta iqtisodchisi, 2019—2022 yillarda Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi xalqaro iqtisodiy hamkorlik boʻlimi boshligʻi boʻlib ishlagan, 2022-yil 7-iyuldan Turkmanistonning Fransiyadagi favqulodda va muxtor elchisi. 2022-yil 13-oktyabrda Fransiya prezidenti Emmanuel Macronga oʻz ishonch yorliqlarini topshiradi. 2022-yil 23-sentyabrdan Turkmanistonning Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha tashkilotida doimiy vakili lavozimida ishlagan, 2023-yil 2-fevraldan Turkmanistonning Portugaliyadagi favqulodda va muxtor elchisi. 2023-yil 7-sentyabrda Portugaliya prezidenti Marcelo Rebelo de Sousaga oʻz ishonch yorliqlarini topshiradi.

Mukofotlari Maksat Çaryýew „Turkmaniston betarafligining 25 yilligi“ medali (2020-yil 11-dekabr), „Turkmaniston mustaqilligining 30 yilligi“ medali (2021-yil 25-sentyabr), Turkmanistonning „Magtymguly Pyragynyň 300 ýyllygyna“ esdalik nishoni (2024-yil 10-dekabr)Postanovlenie Prezidenta Turkmenistana o nagrajdenii pamyatnimi znakami Turkmenistana „Magtymguly Pyragynyň 300 ýyllygyna“ bilan taqdirlangan.

Manbalar

Turkum:Turkmaniston diplomatlari Turkum:Turkmaniston davlat universiteti bitiruvchilari