Monroe Vata Rigbi (tugʻilgan ), mononim tarzida Monroe nomi bilan tanilgan, fransuz-amerikalik soprano xonanda. U Fransiya nomidan 2026-yilgi Eurovision qoʻshiq tanlovida „“ qoʻshigʻi bilan ishtirok etgan va oʻn birinchi oʻrinni egallagan. Shuningdek, u „Hymne à l’amour“ asarida Josh Groban bilan birga chiqish qilgan.
Hayoti Monroe Misah va Martine Rigbi oilasida tugʻilgan, onasi esa ilgari Kongo Demokratik Respublikasidan Fransiyaga koʻchib kelgan. Uning ota-onasining ikkalasi ham Iso Masihning Ohirgi kun avliyolari cherkovi aʼzolaridir. Uning toʻrtta katta akasi bor. Bolaligini Qoʻshma Shtatlarda oʻtkazgan Rigbi yoshligidanoq qoʻshiq ayta boshlagan. Bolalik paytida u cherkov xorida kuylagan va u yerda klassik musiqaga qiziqishini kashf qilgan. Keyinchalik u vokal boʻyicha taʼlim olgan va pianino chalishni ham oʻrgangan.
Faoliyati 2024-yil dekabrdan 2025-yil yanvargacha Rigbi Fransiya telekoʻrsatuvi ning oʻn birinchi mavsumida ishtirok etdi. U ushbu tanlovda gʻolib boʻldi va unga qiymati 10 ming yevro boʻlgan stipendiya berildi. Natijada u Warner Classics bilan shartnoma imzoladi va 2025-yil 28-noyabrda klassik asarlar va krossover qoʻshiqlardan iborat boʻlgan Monroe nomli debyut studiya albomini chiqardi.
2026-yil 2-mart kuni bir nechta fransuz nashrlari Monroe 2026-yilgi Eurovision qoʻshiq tanlovi uchun Fransiya vakili etib tanlangani haqida xabar tarqatdi. Bu esa 6-mart kuni tasdiqlandi va eshittirishchi uning tanlov qoʻshigʻini, „“ni ham taqdim etdi. U musobaqada 158 ball bilan 11-oʻrinni egalladi.
Diskografiyasi Maʼlumotlar Apple Musicdan olingan.
Studiyaviy albomlar Nomi Tafsilotlar Eng yuqori chart oʻrinlari FRA FRAClassic. Monroe Chiqish sanasi: 28 noyabr 2025 Leybl: Warner Classics, Parlophone Formatlar: raqamli yuklab olish, striming 167 1
Singllar Nomi Yili Albom „O mio babbino caro“ 2025 Monroe „Ave Maria“ (Rojdestvo versiyasi) „“ 2026 Albomga kiritilmagan singl
Manbalar
Turkum:Eurovison qoʻshiq tanlovi 2026 Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar